Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Kerç böğozida röy bergan hodisani Kiyevning «aniq fitnasi», deb atadi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Lavrovning sözlariga köra, Ukraina xalqaro huquq me'yorlarini buzdi va böğoz hududida kemalar harakati uçun xavf tuğdirdi. «Qoidabuzarlik sodir böldi, boz ustiga, bu juda xavfli usullar bilan yuzaga keldi - tor böğozda manyovr qiliş, albatta, bu suvlarda kemalarning normal harakati uçun xavf va tahdidlar uyğotdi», - deya ma'lum qildi Lavrov.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi rahbari Ukrainada harbiy holat joriy etilişini Kiyevning vaziyatdan «çiqişga bölgan» urinişi, deya atadi. «Yaxşi bilasizlarki, harbiy holatni e'lon qiliş jarayoni boşlandi, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksandr Turçinov bu saylovlar öz vaqtida ötkazilmasligini anglatişini aytdi», - deya qayd etib ötdi Lavrov.
Şuningdek, u Ğarb davlatlarini Kiyevni ziddiyatni kuçaytirişdan tiyib turişga çaqirdi. «Biz Kiyevning ğarbdagi homiylarini hozirgi harbiy jazavada Ukrainadagi kelgusi saylovlar va boşqa hodisalar munosabati bilan siyosiy oçko yiğişga urinayotganlarni tiyib qöyişga qat'iy çaqiramiz», - dedi Lavrov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaga talab qöygandi.
Ukraina Taşqi işlar vazirligi Rossiyadan göyoki uşbu davlat çegarasini buzgani uçun qölga olingan Ukraina harbiy-dengiz kuçlari kemalaridagi dengizçilarni qaytarişni talab qildi.












