Ukraina Taşqi işlar vazirligi Rossiyadan göyoki uşbu davlat çegarasini buzgani uçun qölga olingan Ukraina harbiy-dengiz kuçlari kemalaridagi dengizçilarni qaytarişni talab qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Vazirlik Moskvani yaralanganlarga zudlik bilan tibbiy yordam körsatiş, şuningdek, «Ukraina tomoniga yetkazilgan zarar uçun tovon puli tölaş»ga çaqirdi.
Bundan taşqari, Ukraina Taşqi işlar vazirligi ittifoqçilar va şeriklarga Rossiyani bosib turiş uçun «yangi sanksiyalarni qöllaş va mavjud bölganlarini kuçaytiriş», şuningdek, Ukrainaga harbiy yordam taqdim etiş böyiça murojaat bilan çiqdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Ukrainada harbiy holat joriy etilganini izohlab, safarbarlik haqida gapirgandi.












