«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasining Istanbul - Toşkent yönalişi böyiça reysni amalga oşirişi kerak bölgan samolyoti dvigatelga tuşgan quş tufayli parvozga çiqa olmadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar tarqatdi.
«Bugun, 27 noyabr kuni, Uzbekistan Airways’ning Toşkent - Istanbul HY271 reysini amal oşirişi kerak bölgan Boing 767 samolyoti Istanbulda buzilib qoldi. Samolyotni sinçkovlik bilan tekşiriş davomida poğona ventilyatori ikkita kuragiga zarar yetkazilgani aniqlandi, buning sababi quşning dvigatelga kirib qolgani bölgan», - deyiladi MAK xabarida.
Hozirgi vaqtda Istanbul - Toşkent HY272 yönalişidagi reys vaqti samolyotdagi nosozlik butunlay bartaraf etilgunga qadar keçiktirildi. Uşbu reys bilan yölga çiqqan yölovçilar mehmonxonaga joylaştirildi, deya qöşimça qilib ötişdi kompaniyadan.
Nosozlik aniqlangan samolyotni ta'mirlaş uçun uskuna va ehtiyot qismlari Toşkentdan Istanbulga keçki reys bilan yuborildi, ular olinganidan keyin samolyotdan qisqa muddatlarda yana foydalanilişi mumkin.












