2018 yilning 24 noyabridan 3 dekabriga qadar Turkiyaning Konya şahrida 16 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida şaxmat böyiça Butunjahon olimpiadasi bölib ötmoqda.

Özbekiston Şaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, mamlakatimiz şaxmatçilari ikkinçi raundda Polşa termasini 3-1 hisobida taslim etişdi.
  
Nodirbek Abdusattorov (2560) birinçi doskada qora donalarda Yakub Kosakovskini (2413) taslim etdi. Nodirbek Yoqubboyev (2549) ikkinçi doskada oq donalarda Kosma Pasan-Milexni (2334) ortda qoldirdi. Şamsiddin Vohidov (2456) uçinçi doskada özining ilk partiyasida ğalaba qozondi. U Miyesko Mis (2307) ustidan zafar quçdi. Sitora Saparova (1848) törtinçi doskada oq donalarda Mariya Maliçkaga (2013) imkoniyatni boy berib qöydi.

Özbekiston terma jamoasi uçinçi raundda Moldova terma jamoasini 3,5-0,5 hisobida mağlubiyatga uçratdi.

Özbekistonlik yoş iqtidor egalari törtinçi raundda AQŞ şaxmatçilari bilan kuç sinaşadilar.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston 16 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida Butunjahon şaxmat olimpiadasini ğalaba bilan boşlagani xabar qilingandi.