Faoliyatini endigina boşlayotgan tadbirkorlarning köpçiligi tayyor biznesni xarid qiliş kasodga olib boradi, deb hisoblaydilar. Biroq şuni aytiş joizki, bu fikr u qadar töğri emas. Biznes egasi daromad kelmaganidagina öz biznesini sotmaydi. Buning uçun boşqa sabablar ham bölişi mumkin. Keling, ana şu sabablarni yaxşilab örganamiz.

Foto: Unsplash

Mavsumiy biznes

Biznesning bu turi bilan asosan katta tajribaga ega bölganlar şuğullanişadi. Bu loyihadan maksimal darajada foyda oliş kutiladi. Aynan şuning uçun ham uni sotadilar. Rahbar biznes rivoji uçun öz mablaği va tajribasini sarmoya qiladi, loyihani rivojlantiradi va qaysidir fursatda öz budjetini töldiriş uçun uni sotişga qaror qiladi. Tabiiyki, biznesini unga sarflanganidan köra köproq pulga sotadi.

Mehmonxonalar aynan şu biznes turiga kiradi. Ular yoz mavsumi kelişidan oldin sotiladi. Şunday qilib, agar siz bunday biznesni xarid qilsangiz, birinçi yildagi daromadingiz yaxşi böladi, biroq vaqt ötişi bilan daromad kamayadi. Bundan şunday xulosa kelib çiqadiki, mehmonxonani sotib oliş – barqaror biznes emas.

Bu muayyan vaqtda maşhur böladigan biznes turi. Bu turga:

  • qahvaxonalar;
  • internet-dökonlar;
  • blokçeynlarni ham kiritiş mumkin.

Bunday biznesni xarid qila turib raqobat haqida öylaş lozim. U doim va katta böladi. Odatda, tadbirkorlar öz korxonalarini tezroq boşqalarga sotişga harakat qilişadi. Bu esa xizmatga bölgan talabning tuşişi bilan boğliq.

Foto: Unsplash

Talab doimiy böladigan biznes

Qanday korxonalar yaxşi daromad keltiradi? Biznesning bunday turiga quyidagilar kiradi:

  • ta'mirlaş ustaxonalari;
  • dökonlar (oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari)
  • gözallik salonlari;
  • avto yuviş şoxobçalari;
  • xususiy bolalar boğçalari;
  • dorixonalar.
Foto: Unsplash

Biznesni xarid qilişdan avval qanday tekşiriş mumkin?

Sotuvçini maxsus ilova yordamida tekşiriş mumkin. U kontragentlarni yaxşi tekşiradi. Bundan taşqari, moliyaviy tarixni söraş kerak. Buning uçun 1S ma'lumotlari a'lo darajada mos keladi. Agar biznes oçilgan bino ijaraga olingan bölsa, ijaraga bergan şaxs bilan yaqindan tanişiş va ijara tölovi böyiça qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini söraş lozim.

Agar biznes bilan birgalikda veb-sayt yoki ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni ham sotib olayotgan bölsangiz, login yoki parolni özgartiriş imkoniyatini albatta tekşiring. Agar biznesni yaxşilab tekşirmoqçi bölsangiz, professional brokerga murojaat qiliş maqsadga muvofiq.