“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oşiriladigan tadbirkorlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga köra, qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida davlat-xususiy şeriklik şartlarida “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini quriş hamda faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi;

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oşiriladigan tadbirkorlik loyihalarida Özbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamğarmasining iştirok etişi tartibi töğrisidagi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga köra, davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida kovorking markazlari yoki mehnat guzarlarini quriş (joylaştiriş) istagini bildirgan xususiy şerik tuman (şahar) hokimligiga ariza bilan murojaat qiladi.

Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini quriş uçun aholi punktlari tarkibiga kiradigan yer uçastkalari ajratiladi.

Şuningdek, uşbu hujjat bilan kovorking markazlari va mehnat guzarlarini quriş uçun davlat mulki bölgan böş turgan obektlarni “nol” xarid qiymati böyiça realizatsiya qiliş tartibi belgilandi.

Kovorking markazlari va mehnat guzarlarini qurişda quriliş qiymatining 30 foizigaça bölgan qismi “Yoshlar — kelajagimiz” jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

“Yosh tadbirkorlar” kovorking markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini quriş hamda faoliyatini taşkil etiş quyidagi bosqiçlardan iborat.