Özbekistonda yöldoş gazlardan elektr energiya işlab çiqariş usuli qöllanilmoqda. Bu haqda «Özneftgazqazibçiqariş» AJ Uglevodorodlarni qazib çiqariş va gazni qayta işlaşni muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği örinbosari Şavkat Uluğov ma'lum qildi.
«Elektr energiya işlab çiqariş böyiça Qaşqadaryoda bir neçta loyihalar amalga oşiryapti. Bulardan Qoratepa, Sarbon konlarida yöldoş gazlardan elektr energiya işlab çiqariş yölga qöyilgan. Şu bilan birga, havoga çiqarilayotgan gazlar qayta işlanmoqda», - deydi boşqarma boşliği örinbosari.
«Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisining örinbosari Odil Temirovning aytişiça, Özbekiston boy uglevodorodlar zaxirasiga ega va bu kelajakda uzoq yillik loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatini beradi. Markaziy Osiyodagi uglevodorod zaxiralarining 1/3 qismi Özbekiston hududida joylaşgan.
«Hozirgi, asosiy maqsadlarimizdan biri - uglevodorodni çuqur qayta işlab, undan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş va eksport salohiyatini kengaytiriş uçun investitsiyalarni jalb etiş», - deydi u.
Ma'lum qilinişiça, 2018 yilda Özbekistonda tabiiy gaz qazib oliş hajmi 61 mlrd kubometrni taşkil etişi kutilmoqda. Bu 2017 yilga nisbatan 5,2 mlrd.ga köpdir. Mineral-xomaşyo bazasini rivojlantiriş va takror işlab çiqariş dasturini amalga oşiriş boşlanganidan buyon (2017 yil va 2018 yilning 10 oyi) uglevodorodning sanoat oqimlari olinadigan 10ta yangi neft va gaz koni oçildi.
Bu yil kompaniya 14ta investitsiya loyihasini amalga oşirmoqda. Xususan, Buxoro viloyatida «LUKOYL» (Rossiya) bilan hamkorlikda gazni qayta işlaş zavodi kompleksi qurilişi va Qandim konlar guruhini rivojlantiriş işlari tugallandi.











