Energetika sohasi mutasaddilariga köra, konditsionerni haddan taşqari past haroratda işlatiş elektr sarfini oşiradi va qurilmaning ortiqça yuklama bilan işlaşiga olib keladi.

Şu bois konditsionerni 24–26°C haroratda işlatiş tavsiya etilmoqda. Bu nafaqat elektr energiyasini tejaşga, balki xonada inson salomatligi uçun ham qulay muhit yaratişga xizmat qiladi.

Mutaxassislar, şuningdek, konditsioner filtrlarini muntazam tozalab turiş muhimligini eslatdi. Toza filtr qurilmaning samarali işlaşini ta’minlaydi, elektr sarfini kamaytiradi hamda elektr tarmoqlarining ortiqça qizib ketişi xavfini pasaytiradi.

Energetika vazirligi ma’lumotiga köra, mamlakatda elektr energiyasi iste’moli rekord darajaga yetgan bir paytda elektrdan tejamkorlik bilan foydalaniş energiya tizimi barqarorligini ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Şu munosabat bilan aholidan issiq kunlarda elektr jihozlaridan oqilona foydalaniş, konditsionerlarni tavsiya etilgan haroratda işlatiş va imkoni boriça elektr energiyasini tejaş söralmoqda.