Taniqli niderland mutaxassisi Lui van Gal «PSJ» hujumçisi Neymarning «Barselona»ga qaytişi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda La Porteria de Beteve naşri xabar bermoqda.
«Menimça, bu «Barselona» uçun yaxşi emas. Bu – mening şaxsiy fikrim.
Neymar – hali ösişga erişişi mumkin bölgan yoş öyinçi. U avval jamoa a'zosi bölişni örganib olişi kerak.
Neymar – haddan ortiq individual öyinçi. Şuning uçun ham men «Barselona» uni ortga qaytariş masalasida yetti ölçab bir kesişi kerak, deb hisoblayman», - degan van Gal.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Barselona» Neymarga uçta şart qöygani ma'lum bölgandi. Birinçidan, braziliyalik «PSJ»dan ketmoqçiligi haqida oşkora e'lon qilişi lozim. Ikkinçidan, futbolçi 2017 yilda jamoani nomunosib tarzda tark etgani uçun muxlislardan uzr söraşi şart. Uçinçidan, u maoşining keskin qisqarişiga rozi bölişi kerak (ayni paytda u yiliga 37 million yevro olmoqda).












