2017 yil 24 aprel kuni Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi V.B. va Yakkasaroy tumanida yaşovçi M.A. Sayram tor köçasida joylaşgan ofisda tadbirkor G.Ş.ga 5 000 tonna karbamid kimyoviy öğitini yetkazib berişlikni va'da qilgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, ular soxta hujjatlar tayyorlaş orqali firibgarlik yöli bilan undan jami 248 209 AQŞ dollarini olib, va'dasini bajarmagan.
Keyinroq, olgan pullarining 87 000 AQŞ dollarini unga qaytarib, qolgan 161 209 AQŞ dollarini şu kungaça qaytarib bermaganlar.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, V.B. va M.A.lar qölga olinganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.












