Bugun, 29 noyabr kuni Toşkent şahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida Özbekistonning «2019-2021 yillarga möljallangan tizimli islohotlar asosiy yönalişlarining yöl xaritasi» mavzusidagi taqdimot-muzokara körinişidagi xalqaro tadbir bölib ötdi.

Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Jahon bankining işçi guruhi bilan birgalikda, tarkibiy özgarişlar va iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş maqsadida beşta asosiy yönalişni öz içiga olgan «islohotlar yöl xarita»sini işlab çiqqan.

Tadbirni Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari, Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov boşlab berdi. 

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev va Jahon bankining sobiq vitse-prezidenti, Jorj Vaşington universiteti professori Denni Leyptsiger yiğilganlarga yöl xaritasi taqdimotini taniştirişdi.

Taqdimot marosimida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va davlat idoralari, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, qator xalqaro moliya institutlari va konsalting muassasalari vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari, yetakçi mahalliy mutaxassislar iştirok etdi.
Yöl xaritasi quyidagiça köriniş oladi:

Birinçi, tegişli institutlarni mustahkamlaş, modernizatsiya qilingan soliq-byudjyet siyosati va soliq islohotlari natijasida hosil böladigan makroiqtisodiy barqarorlikni qöllab-quvvatlaş. Xususan, makroiqtisodiy ma'lumotlar yiğiş va tahlil qiliş tizimini va pul-kredit siyosatini takomillaştiriş, içki va taşqi qarzlarni boşqariş, davlat xarajatlarining samaradorligi va hisobdorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiladi.

Ikkinçi, raqobatbardoş bozor iqtisodiyotiga ötiş jarayonining tezlaşişi. Yer va kapitaldan foydalaniş samaradorligini oşiriş, moliya bozorlarini isloh qiliş masalalari qarab çiqilmoqda. Savdo siyosati va eksportni yanada liberallaştiriş, aviatsiya sektorini isloh qiliş va AKT sohasini rivojlantiriş jahon iqtisodiyotiga birikişni jadallaştirişning kelgusi çora-tadbirlari sifatida körildi. Xususiy sektor faoliyatidagi çeklovlarni olib taşlaş, raqobatbardoş biznes muhitini mustahkamlaş, investitsion muhit va monopoliyaga qarşi tartibga soliş işlari davom ettiriladi. Qişloq xöjaligini, suv ta'minoti va energiya manbalarini rivojlantiriş, şu jumladan qayta tiklanadigan energetika sohasini rivojlantiriş strategiyalari individual sanoatlarning işlaş samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.

Uçinçi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiliş va ularga xizmat körsatişni kuçaytiriş. Ta'lim va soğliqni saqlaşni rivojlantirişning milliy strategiyasini hamda mehnat bozori, penciya va sud tizimini isloh qiliş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqiş rejalaştirilmoqda.

Törtinçi, kuçli bozor iqtisodiyotida davlatning rolini kuçaytiriş. Uni işlab çiqariş jarayonining bevosita iştirokçisidan, davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantiriş, davlat uluşiga ega korxonalarni isloh qiliş hamda tovar va xizmatlar narxlarining ikkilamçi tartibini bartaraf etiş bilan şuğullanuvçi xususiy sektor hamkori körinişiga almaştiriş rejalaştirilmoqda. Davlat boşqaruv tizimini takomillaştiriş davlat xizmatlarini isloh qiliş konsepsiyasini işlab çiqişga yordam beradi. Jamoatçilik xabardorligini oşiriş uçun fuqarolarning zamonaviylaştiriş jarayonlarida iştirokini ta'minlaş böyiça çoralar köriladi.

Beşinçi, atrof-muhitdan foydalaniş samaradorligini oşiriş. Uni himoya qiliş uçun «yöl xaritasi» ni, suvni tejaş dasturini, suğoriş va melioratsiya tizimini rivojlantirişni rejalaştirilmoqda.

Tadbir doirasida ötkazilgan davra suhbati davomida islohotlarning yöl xaritasi, iqtisodiy islohotlarning hozirgi holati va ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş mexanizmlari töğrisida fikrlar almaşinuvi bölib ötdi.