Farğonada “GM Uzbekistan” qöşma korxonasida işlab çiqarilgan turli rusumdagi transport vositasi olib berişni va'da qilib, 50 nafardan ziyod jabrlanuvçilarni salkam 760 ming dollarga çuv tuşirgan firibgar ustidan sud hukmi öqildi. Bu haqda ÖzA yozmoqda.
Sudlanuvçi M.U. 2013-2014 yillarda özgalarning mablağini firibgarlik yöli bilan qölga kiritiş maqsadida boşqa şaxslar bilan oldindan til biriktirib, jabrlanuvçilarning işonçiga kiriş maqsadida avtomaşina savdosi böyiça soxta şartnomalar tayyorlagan. Mazkur şartnomalarni soxta ekanligini bila turib, ayrim jabrlanuvçilarga taqdim etib, foydalanib, mazkur şartnoma asosida ularga “GM Uzbekistan” qöşma korxonasida işlab çiqarilgan turli rusumdagi transport vositasi olib berişga va'da bergan. Ularni işontirib, aldab, ayrim jabrlanuvçilarning ança miqdorga, ayrimlarini köp miqdorga, ba'zilarini esa juda köp miqdorga teng qiymatdagi AQŞ dollarini qölga kiritgan.
Jumladan, 2013 yil mart oyida Ş.Q.ga “Damas” rusumli transport vositasi olib berişga va'da berib, aldab, uni 10 ming 500 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan. E.E. bilan oldindan til biriktirib, 2013 yil noyabr oyidan 2014 yil yanvar oyiga qadar E.E. orqali I.H.ga uç dona “Nexia-2” rusumli transport vositasi olib berişga va'da berib, uning 40 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, aldab kelgan. Bu kabi aldanganlarni röyxatini juda köp keltiriş mumkin. Halol işlab, pul yiğib, yangi maşina miniş istagida bölgan 50 dan ziyod fuqarolar ana şu firibgarning tuzoğiga ilindi. 2014 yilda M.U.ga nisbatan qidiruv e'lon qilingan bölib, unga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Jinoyat işlari böyiça Marğilon şahar sudi tomonidan mazkur jinoyat işi körib çiqildi. Sudlanuvçi M.U.ga uzil-kesil töqqiz yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Şu bilan birga, jinoyat orqasida jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zarar miqdori hukm e'lon qilingan kunda 1 AQŞ dollarining sömga nisbatan qiymatidan kelib çiqib, undiriş belgilandi.
M.U. bilan birgalikda jinoyatni sodir etgan, dastlabki tergov paytida jinoyat işiga jalb qilinmagan boşqa şaxslarni ham işga ayblanuvçi sifatida jalb qiliş haqida sud alohida ajrim e'lon qildi.












