Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Alişer Qodirov ayollar iş vaqtini 6 soatgaça qisqartirişni taklif etmoqda, deb yozadi ÖzA.
Deputatning fikriça, bugun oilaning poydevori hisoblangan ayollarning salmoqli qismi faol, mehnat şartnomasi bilan korxona va taşkilotlarga boğlangan. Ular iş vaqti yakunlanmasidan oilasiga qaytolmaydi. Oilada ona bölmasligi oila poydevorini darz ketişiga olib keladi. Bolalar maktabdan qaytib, ularga “tuhfa qilingan” erkinlikdan bilganlaridek foydalanadilar. Ota bilan deyarli bir paytda kelgan ona ham dam olişga birdek haqli. Munosabatlar inqirozi sekin-asta oilaning inqiroziga olib keladi. Afsuski, aynan şu holat 55 foiz oilalarning buzilişiga sabab bölmoqda.
«Ayolsiz oilani mustahkamlaş mumkin emas. Yuqoridagi fundamental muammoni bartaraf etiş uçun mamlakatimizda ayollarning mehnat qiliş faoliyatini belgilovçi normalarga özgartiriş kiritiş zarur. Masalan, ayollarning iş vaqti soat 16.00 da tugatilişi kerak. Şunda ayol farzandlari va umr yöldoşi uçun vaqt ajratadi. Bu esa öz örnida oiladagi er-xotin, ona-bola munosabatlarida ijobiy muhitni yuzaga keltiradi», - deya ta'kidlab ötdi xalq vakili.
Eslatib ötamiz, Mehnat kodeksiga köra, hozirgi vaqtda özbekistonliklar kuniga örtaça 8 soatdan işlaydi.












