2027-yil 1-yanvardan boşlab umumiy belgilangan pensiya yoşi bir yilga qisqartirilgan holda pensiya tayinlaş tartibi bekor qilinişi mumkin. Bu haqdagi qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun joylaştirildi.
2027-yil 1-yanvardan fuqarolarning jamğarib boriladigan pensiya tizimi Xalq bankidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tasarrufiga ötkaziladi. Töplangan mablağlarni meros qilib qoldiriş huquqi saqlanib qoladi.
Şuningdek, keyingi yil 1-yanvardan boşlab özini özi band qilgan şaxslarga ham kelgusida pensiya taʼminoti hamda davlat ijtimoiy suğurtasidan foydalanişini kafolatlaş maqsadida ijtimoiy soliqni qatʼiy belgilangan tartibda tölaş tizimi joriy etilişi mumkin. Bunda ularga ijtimoiy soliqni yil davomida bölib tölaş huquqi beriladi.
Qaror loyihasiga köra, 55 yoşdan oşgan ayollar va 60 yoşdan oşgan erkaklarga örtaça iş haqi saqlangan holda qisqartirilgan iş vaqti joriy etiladi. Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlaşda oila aʼzolarining maqomini belgilaşda 55 yoşdan oşgan ayollar va 60 yoşdan oşgan erkaklardan rasmiy daromad talab etilmaydi.
Korxona va taşkilotlarga ijtimoiy soliq tölovi böyiça yangi imtiyozlar berilişiga yöl qöyilmaydi hamda mavjud imtiyozlar 2030-yil 1-yanvardan bekor qilinadi.
Qayd etilişiça, pensiya yoşini oşiriş davrida pensiyaoldi yoşidagi fuqarolarga quyidagilar kafolatlanadi:
- pensiyaoldi yoşini vaj qilgan holda işdan böşatiş yoki işga qabul qilişdan boş tortişga yöl qöyilmaydi;
- işsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarga 2 yil avval muddatdan oldin pensiyaga çiqiş huquqi saqlanadi;
- yerosti işlarida, mehnat şaroiti zararli va oğir işlarda mehnat töliq iş kuni davomida band bölgan erkaklarga 50-55 yoş hamda ayollarga 45-50 yoşdan qonunçilikda belgilangan tartibda imtiyozli pensiyaga çiqiş huquqi saqlanadi;
- pensiya oluvçilarga tatbiq etiladigan soliq, transport va soğliqni saqlaş imtiyozlari saqlab qolinadi;
- erkaklarga 60 yoşdan va ayollarga 55 yoşdan jamğarib boriladigan pensiya mablağlarini oliş huquqi beriladi.












