Britaniya boş vaziri Tereza Meyning ma'lum qilişiça, Kerç böğozidagi hodisa tufayli London Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuçaytiriş niyatida. Bu haqda Meyning matbuot xizmati xabar berdi.

Uning sözlariga köra, Britaniya Rossiyaning xatti-harakati tufayli sanksiya rejimini kuçaytiriş masalasida Yevropa davlatlari orasida «har doim birinçi örinni egallab kelgan».

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, ukrainalik dengizçilarini ozod qiliş uçun vaziyatni biroz yumşatiş talab etiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq MI6 rahbari Rossiyaga çaqiriq bilan çiqmoqçi ekani xabar berilgandi.

The Telegraph xabariga köra, MI6 direktori Aleks Yanger Rossiyani Buyuk Britaniyaga «kam baho berişni» töxtatişga çaqirmoqçi. Naşr ma'lumotlariga köra, Yanger Moskvani Londonning qat'iyati va imkoniyatlariga «past nazar bilan qaraşni» töxtatişga çaqiriş niyatida.