Özbekiston Respublikasi davlat sirkida bölib ötişi rejalaştirilgan «Delfinlar şousi» köngiloçar tomoşalari ötkazilişi haqida e'lonlar boşlanganiga ham qariyb tört oy böldi. Dastlab avgust oyining boşida turli ommaviy axborot vositalarida reklama roliklari tarqatildi. Ularda Özbekistonda ilk bor ötkaziladigan bunday tomoşalar haqida jar solindi. Ammo çiptalar sotilganiga qaramay «Delfinlar şousi» bir neça bor ortga surildi, tomoşalar ötkazilmadi. Nihoyat turli gap sözlarga, şov-şuvlarga nuqta qöyildi. 2 dekabr kuni delfinlar Toşkentga yetib kelişdi. Islom Karimov nomidagi Xalqaro Aeroportdan maxsus avtomaşinalarda ularni sirkka olib kelişdi.

Video: Mover

Video: Youtube

Tomoşalar uçun sirkda barça şaroitlar tayyorlangan. «Delfinlar şousi» uçun 3 ta delfin, 2 ta dengiz muşugi va bitta dengiz şeri olib kelindi. Hozirda ularning ahvoli juda yaxşi.

«Delfinlar şousi» MÇJ rahbari Abdulaziz Aliyevning gaplariga köra:

«Delfinlar şousi» MÇJ rahbari Abdulaziz Aliyev

– Mustaqilligimizning 27 yillik bayramiga tomoşabinlarga hali bizda bölib ötmagan öziga xos tomoşa taqdim etmoqçimiz. Biz xalqimiz, tomoşabinlar oldidagi va'damizni bajariş uçun barça imkoniyatlarni işga solyapmiz. Şou uçun jonivorlarni Ukrainadan maxsus samolyotda katta qiyinçiliklar bilan olib keldik. Bu xalqimizga katta sovğa böladi, deb umid qilamiz. Buning uçun tayyorgarlik köryapmiz, Şou uçun barça şaroitlar yaratilgan. Delfinlar ikki oy davomida Özbekistonda bölişadi. Xalqimizga yangi yil oldi ajoyib syurprizlar tayyorlab qöyganmiz. Şouda dengiz jonivorlari tomonidan 50 dan ortiq tomoşalar körsatiladi.

«Delfinlar şousi» Özbekiston davlat sirkida ötkaziladi. Çiptalar haqida ma'lumotlarni sirk kassalaridan söraşingiz mumkin. Şuningdek, 4 yoşdan 10 yoşgaça bölgan bolajonlarimizga, uruş qatnaşçilari va pensionerlarimizga çiptalar 20 foizlik çegirmalar bilan sotiladi. «Delfinlar şousi» yangi yil oldi siz azizlarga kutilmagan va unutilmas tomoşalar tayyorlab qöygan. Nafaqat bolajonlarimiz, balki katta-kiçik barça yurtdoşlarimiz uçun yangilik bölişi kutilmoqda. Bu ajoyib dengiz hayvonlarining harakatlaridan bahramand bölişni xohlasangiz, şoşiling.