Özbekiston respublikasi davlat sirki sönggi paytlarda asosan muammolar bilan tilga tuşmoqda. Dastlab, uzoq yillar sirkning rahbari bölgan Özbekiston xalq artisti Bahrom Majidov sirkdagi talon-tarojlar ortidan Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismida keltirilgan jinoyatlarni sodir etişda gumonlanib, IIV tomonidan qidiruvga berilgani haqida xabar yoritildi. Ammo keyinçalik bu xabar IIV saytidan olib taşlandi. Hozir Bahrom Majidovning ukasi Rustam Majidov sirkning muvaqqat rahbari etib tayinlangan. Bir neça oy oldin sirkdagi hayvonlarga yetarli miqdorda yegulik berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyin zör berib reklama qilingan «Delfinlar şousi» bir neça bor ortga surildi. Bu va boşqa masalalarga oydinlik kiritiş, bu gaplar haqiqatga qançalik yaqinligini biliş uçun sirk rahbariyati bilan uçraşdik.

Xorijiy OAVda e'lon qilingan maqolalarga, bugungi örganişlarga sabab bölgan murojaatçilarning körsatmalariga asoslanadigan bölsak, akasining işini davom ettirgan Rustam Majidov davrida sirkdagi talon-tarojliklar yanada kengroq kölamda davom etmoqda.

Ismini oşkor qilişni istamagan, lekin kasbi yuzasidan sirkning butun iş jarayonidan boxabar bölgan sobiq xodim şunday deydi:

– Tsirkning eng asosiy işi nima? Köngiloçar tomoşalar körsatiş. Agar mana şu yagona vazifasini bajarmasa, bunday taşkilotning nima keragi bor? Öz-özidan savol tuğiladi – Özbekiston respublikasi davlat sirki qaçon oxirgi marta tomoşa körsatdi?!

Öz repertuaridan putur ketgani yetmaganday, rosa vahima qilingan «Delfin şou» ham barbod böldi. Katta mablağ evaziga manej örniga qurilgan basseyn bekor yotibdi. Na öz tomoşasiga imkon bor, na delfin şou uyuştirilyapti. Dunyodagi deyarli barça sirklar öz daromadlari hisobidan faoliyat yuritadi. Bizda sirk tomoşalar körsatib, öz xarajatlarini qoplaşi haqida umuman gap bölişi mumkin emas. Lekin davlatning bergani ham qiya bölib ketyapti-da.

Yirik hayvonlar oç, ozib-tözib ketib, tomoşalarga yaramay qolgan. Şer va yölbarslar kuniga maxsus tekşiruvdan ötgan 7-8 kilogramm mol göşti yeyişlari kerak. Ular haftasiga ikki marta sifatsiz, sersuyak göştdan ozgina yeb, boşqa payt qoldiq ovqatlar bilan ovunişga majbur. Endi bu hayvonlar şou uçun yöqotilgan hisoblanadi. Axir bu hayvonlar ham artist hisoblanadi-ku? Bitta şer yoki yölbarsni topib keltiriş, biror nomerga örgatiş uçun davlatning çakana mablaği va mehnati ketadimi?