Bu mavsum arafasida Özbekiston çempionati formati jiddiy özgarişlarga uçradi. Superliga nomini olgan Oliy Ligada iştirok etuvçi jamoalar soni 16tadan 12taga qisqartirildi. Bundan maqsad klublar örtasidagi raqobatni kuçaytiriş edi.
«Paxtakor» boş murabbiyi Şota Arveladze esa aytilgan gaplarning köpi qoğozda qolib ketdi, deb hisoblaydi
Kun.uz saytiga intervyu bergan gruziyalik murabbiyning aytişiça, çempionat mavqeini kötariş uçun klublar ma'lum bir standartlarga javob berişi kerak. Bu birinçi navbatda futbol maydonlarining sifatiga taalluqli.

«Biz formatni tuzdik, qoğozda juda köp narsalarni amalga oşirdik, ammo afsuski, amalda juda kam narsa qilindi. Köplab ijobiy narsalar aytildi, ammo haqiqatda barçasini bajara olmadik. Agarda standartlarga rioya qilmasak, futbol heç qaçon rivojlanmaydi», – deydi Arveladze. U futbol maydonlarining sifati yaxşilanmas ekan, bunday maydonlarda öynaş juda qiyin bölişini ta'kidlab ötgan.
«Nima uçun Angliya, Germaniya va Ispaniyada standartlar mavjud? Hattoki törtinçi ligada ham. Biz esa eng yuqori ligada ana şu standartlarga erişa olmayapmiz. Yoki hammasi juda sekin bormoqda. Özgarişlar qoğozdagina böldi, hayotda esa kutilgan natijaga erişa olmadik», – deydi «şerlar» murabbiyi.
Arveladze standartlarga mos böliş uçun barça klublar xususiy bölişi kerak degan fikrda. Uning işonç bildirişiça, ana şundagina qiziqiş paydo böladi.
«Paxtakor» klubi boş murabbiyining bu va boşqa fikr-mulohazalari bilan quyidagi intervyuda töliq tanişiş mumkin.
Arveladze intervyu davomida uni «Paxtakor»ga kimlar taklif etgani, Turkiyaning «Qosimpoşo» klubidan nima uçun ketgani, Yevropa futbolining ustun jihatlari va Özbekiston futbolidagi muammolar haqida ham sözlab bergan.












