BMT Boş assambleyasi AQŞning Falastinning XAMAS harakati faoliyatini qoralovçi rezolyutsiya loyihasiga qarşi ovoz berdi.

Hujjat zarur bölgan ovoz töplay olmagan. Unga qarşi Rossiya, arab va Lotin Amerikasi davlatlari qarşi çiqqan.  

Rezolyutsiya loyihasida XAMASni “Isroil hududiga muntazam raketalar otişi, bu esa tinç aholi hayotini xavf ostiga qöyayotgani” uçun qoralaş taklif qilingan. Şuningdek, unda “barça iğvogar va zöravon harakatlarni bas qilişga” çaqirilgan.

Yevropa davlatlari hujjatni özgartirişlar kiritilgandan keyin qöllab-quvvatlaşga rozi bölgan. Jumladan, Falastinning turli tomonlari Misr kömagida birlaşişga çaqirilgan band qöşilgan. 

Ğazo sektorida AQŞ elçixonasining Al-Qudsga köçirilişi ortida may oyidan beri Isroilga qarşi namoyişlar davom etmoqda. 

Navbatdagi keskinlaşuv 12 noyabrda yuz bergan. Öşanda Falastin tuzilmalari bir neça falastinlikning öldirilişiga javoban Ğazo sektoridan Isroilga kamida 370 ta raketa otgan. Isroil armiyasi esa bunga javoban sektordagi önlab harbiy obektlarga zarbalar bergan.