Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev 2019 yilda Rossiyada xorijliklar uçun iş örinlariga kvota belgilaş haqidagi qarorni imzoladi. Tegişli hujjat Rossiya hukumati rasmiy saytida e'lon qilindi.

Boş vazirning qaroriga köra, kelgusi yilda Rossiyada xorijiy işçilar uçun 144 583 ta örin ajratiladi.

Ta'kidlanişiça, bu raqam Rossiya mehnat bozorining xorijiy işçi kuçiga 2019 yil böyiça ehtiyoji talablariga javob beradi. Yangi kvota 2018 yilga belgilangan ehtiyojdan 81 foizni taşkil etdi.

Qayd etilişiça, ustuvor kasb guruhlari böyiça ehtiyojning taqsimlanişi mehnat bozorida malakali işçi kuçiga bölgan talab ortişi bilan mos keladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyada vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnomalar beriş qisqarişi xabar qilingandi.