Jahon | 15:50 / 19.11.2018
19720
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar berish qisqaradi

Foto: RIA Novosti/Pavel Lisitsyn

Rossiya hududida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar berishga kvota 2019 yilda 8 foizga kamayadi. Bu haqda hukumat saytida e'lon qilingan tegishli hujjatda aytiladi.

«2019 yilga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun 83 480 ta ruxsatnoma berish belgilandi. Bu 2018 yilga qaraganda 6 880 taga kam», - deyiladi hujjatga qoldirilgan izohda.

Kvotaning qisqarishi vatandoshlarni ixtiyoriy ravishda ko‘chirishga ko‘maklashuvchi dasturni amalga oshirish bilan bog‘liq.

«Xususan, 2018 yilning sakkiz oy mobaynida bu davlat dasturi qatnashchilariga ularning oila a'zolari bilan birgalikda vaqtinchalik yashash uchun kvotadan tashqari 42 343ta ruxsatnoma berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik deputat Saratov oblastida o‘zbekistonliklar o‘limiga sabab bo‘lgan fojiadan so‘ng chaqiriq bilan chiqqandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid