Farğona viloyatining Uçköprik tumanida şu yil 6 dekabr kuni noma'lum haydovçi aniqlanmagan avtomaşinani Kattaqaşqar qişloği hududida haydab ketayotib, velosipedda ketayotgan şu qişloqda yaşagan O.A.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada O.A. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay şu yerda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu yöl-transport hodisasini Uçköprik tumanida yaşovçi O.X. öz boşqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk avtomaşinasida sodir etganligi aniqlanib, uşlangan. Tergov davom etmoqda.











