Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasini muhokama etişdi.

Uşbu loyiha Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining Özbekiston Respublikasining “Biznes yuritiş” borasidagi körsatkiçlarini yaxşilaş böyiça “Yöl xaritasi” ijrosini ta'minlaş maqsadida işlab çiqildi. 

Qonun loyihasi bilan Soliq kodeksi hamda bir qator qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritilib, ulardan davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlaridan hujjatlarga muhr qöyiş, şuningdek, hujjatlar muhr bilan tasdiqlanişining talab qilinişi nazarda tutilgan normalar çiqarilmoqda.

Deputatlarning ta'kidlaşiça, bu yangilik tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişni yanada soddalaştirişga kömaklaşadi. Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining Özbekiston Respublikasining “Biznes yuritiş” borasidagi körsatkiçlarini yanada yaxşilaş imkonini beradi.