Jahon | 12:22 / 11.12.2018
33140
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya AQSh suv osti kemalarini «ko‘rish» qobiliyatini yo‘qotdi

Foto: Greg Baker / Reuters

«Rossiya harbiy dengiz kuchlari AQShning past shovqinli harbiy suv osti kemalarini topish va nazorat qilish imkoniyatiga ega emas», deb yozgan «Nezavisimoy gazeta»da zaxiradagi 3-rang kapitani Maksim Klimov

Harbiy ekspertning fikricha, so‘nggi yillarda dengiz hududlarini nazorat qiluvchi samolyot va vertolyotlar ancha eskirgan hamda AQShning shunday uchish moslamalaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifasi suvosti kemalarini aniqlash bo‘lgan Ka-27M vertolyoti g‘arb vertolyotlari bilan raqobat qila olmaydi.

Buning sababi sifatida kapitan Klimov uzoq yillar davomida sohaga yetarli e'tibor qaratilmagani, eskirgan texnologiyalardan foydalanib kelinayotganini ko‘rsatgan.

«Rossiya floti ayni paytda razvedka aviatsiyasisiz qoldi. Hozirgi kunda suv osti kemalarini aniqlovchi samolyotlar muntazam uchmaydi, ularning soni nihoyatda kam, har bir razvedka juda qimmatga tushmoqda. Qolaversa, ularning davriy reja asosida uchishidan odatda «hamkorlar» xabardor bo‘lishadi va tabiiyki yashirinishadi. Shu tarzda razvedka rejasi barbod bo‘ladi»,degan ekspert.

Klimov avvalgi chiqishlarida Rossiya floti kechiktirib bo‘lmas islohotlarga muhtojligini bildirgandi. Shuningdek, joriy yilning oktabr oyida AQSh harbiy samolyotlari Rossiya atom suv osti kemalarini osonlik bilan aniqlay olayotgani ma'lum qilingan, 2017 yilda esa rus floti mamlakatni himoya qila olmasligi tan olingandi.

Mavzuga oid