Mavsum natijalari boʻyicha umumiy koʻrsatkichlar
Joriy mavsumda fuqarolardan jami 23 551 ta loyiha kelib tushgan. Ulardan 20 254 tasi ishchi komissiyalar tomonidan saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, ovoz berish bosqichiga yoʻnaltirilgan. Shu bilan birga, Fargʻona shahrida baʼzi loyihalarning ishchi komissiya tomonidan asossiz rad etilgani aniqlangan.
Vazirlikning chorasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu holat yuzasidan loyihalarni amaldagi qonunchilikda belgilangan mezonlar asosida qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida soʻrov yuborgan. Biroq Fargʻona shahri ishchi komissiyasi bu talabni bajarmagan - loyihalar qayta koʻrib chiqilmagan. Shu sababli ishchi komissiya loyihalarni belgilangan mezonlarga muvofiq qayta koʻrib chiqqunga qadar shaharda ovoz berish bosqichi vaqtincha cheklandi.
21-avgust soat 23:59 da «Tashabbusli byudjet» doirasida saralashdan oʻtgan loyihalarga ovoz berish bosqichi boshlanadi. Mazkur jarayon 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.








