Çempionlar Ligasi 6-turidan örin olgan uçraşuvlar ötkazildi.
B guruhida "Barselona" uyiga safar qilgan "Tottenhem" 1:1 hisobida durang qayd etdi.
7-daqiqada Dembele maydon egalarini hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, 85-daqiqada Moura hisobning durang bölişini ta'minladi.
Guruhning ikkinçi öyinida "Inter" öz maydonida "PSV" bilan durang qayd etdi va pley-offga çiqa olmadi – 1:1.
Guruhda 14 oçko töplagan "Barselona" 1-örinni egallagan bölsa, 8 oçko bilan qöşimça körsatkiçlar borasida "Inter"dan ustun kelgan "Tottenhem" 2-poğonani band qildi. "PSV" esa sönggi örinni egalladi.
C guruhining markaziy öyinida "Liverpul" öz maydonida "Napoli"ni qabul qilib, kiçik hisobda ğalaba qozondi. Öyindagi yagona gol 34-daqiqada Saloh tomonidan kiritildi.
Ikki jamoa ham 9 oçko töplagan bölişiga qaramay, qöşimça körsatkiçlar borasidagi ustunlik sabab "Liverpul" 2-örin bilan pley-offga yöl oldi. 3-poğonani egallagan "Napoli" kuraşni Yevropa Ligasida olib boradi. Guruhda "PSJ" 1-örinni egallagan bölsa, "Tsrvena Zvezda" eng oxirgi poğonani band qildi.
Liverpul – Napoli 1:0
Gol: 1:0 – 34 Saloh.
Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold (Lovren, 90), van Deyk, Veynaldum, Xenderson, Milner (Fabino, 85), Mane, Salax, Firmino (Keyta, 79).
Napoli – Ospina, Albiol, Mariu Ruy (Gulyam, 70), Maksimoviç, Kulibali, Fabian Ruis (Zelinski, 62), Gamşik, Kalexon, Allan, Insine, Mertens (Milik, 67).
Ogohlantirişlar: van Deyk (13), Kulibali (40), Saloh (83), Robertson (90), Mane (90).
Barselona – Tottenhem 1:1
Gollar: 1:0 – 7 Dembele, 1:1 – 85 Lukas Moura.
Barselona – Sillessen, Langle, Miranda, Nelson Semedu, Vermalen, Artur, Alenya, Koutino, Rakitiç (Buskets, 46), Dembele (Denis Suares, 76), Munir (Messi, 63).
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Uoker-Piters (Lamela, 61), Vertongen, Uinks (Lorente, 83), Sissoko, Alli, Eriksen, Keyn, Son Xyn Min (Lukas Moura, 71).
Ogohlantirişlar: Uoker-Piters (15), Nelson Semedu (68).
Inter – PSV 1:1
Gollar: 0:1 – 13 Losano, 1:1 – 73 Ikardi.
Tsrvena Zvezda – PSJ 1:4
Gollar: 0:1 – 9 Kavani, 0:2 – 40 Neymar, 1:2 – 56 Gobeliç, 1:3 – 74 Markinos, 1:4 – 90 Mbappe.
Bryugge – Atletiko Madrid 0:0
Monako – Borussiya Dortmund 0:2
Gollar: 0:1 – 15 Gerreyru, 0:2 – 88 Gerreyru.
Şalke – Lokomotiv 1:0
Gol: 1:0 – 90 Şopf.
Galatasaroy – Portu 2:3
Gollar: 0:1 – 17 Felipe, 0:2 – 42, penalti Marega, 1:2 – 45, penalti Feguli, 1:3 – 57 Serjiu Oliveyra, 2:3 – 65 Derdiyok.













