Kun dramasi Pragada bölib ötdi: «Slaviya» «Lans»ga qarşi öyinda ozçilik bölib qolganiga qaramay, öyin oxirida oldinga çiqib olgandi, ammo qöşimça daqiqalarda ikkita gol ötkazib yubordi.
«Fenerbahçe» boş murabbiyi esa «Roma» bilan durangdan keyin muxlislarning tanqidlari tufayli hissiyotga berilib, isteʼfo berdi: futbolçilar hayron, klub prezidenti uning qaytişini kutmoqda.
«Mançester Yunayted» «Saboh»ni osonlik bilan taslim etdi – 4:0. Turnir debyutanti deyarli qarşilik körsatmadi va öyin taqdiri birinçi bölimdayoq hal böldi.
«Saboh» 27 daqiqa çidab berdi, keyin esa saviyadagi farq özini körsatdi. Qozoğistonlik darvozabon Stas Pokatilov Mateus Kunya, Brunu Fernandeş va Benyamin Şeşkodan bittadan gol ötkazdi. Uning ikkinçi bölimda ötkazgan goli esa memlarga sabab böldi: jarima maydonidagi tartibsizlik vaqtida töp unga kelib tuşdi, ammo darvozabon töpni yöqotib qöydi va Lisandro Martines bir metr masofadan turib, darvozani işğol etdi. Bu vaqtda esa Joşua Zirkzeye allaqaçon vaziyat qöldan boy berilgan deb hisoblab, afsus çekayotgandi.
Şu kuni «Saboh»ning boşlanğiç tarkibida 11 mamlakat vakillari, jumladan, özbekistonlik Umarali Rahmonaliyev joy olgandi (u öyinda jamoadoşlaridan alohida ajralib turmadi va ikkinçi bölimda almaştirildi). Bu YEÇL tarixida turnirdagi debyut öyin uçun birinçi şunday holat böldi. Tarkibdagi yagona ozarboyjonlik – markaziy himoyaçi Rahmon Daşdamirov edi. «MU»da ham şu kuni boşlanğiç tarkibda yagona angliyalik futbolçi – Maynu tuşgandi.
«MU» Çempionlar ligasidagi 300-öyinini ötkazdi va bu dovondan ötgan birinçi ingliz klubiga aylandi.
Mavzuga oid
Bu «Yunayted» uçun YEÇL guruh bosqiçlaridagi sönggi sakkiz öyinda atigi ikkinçi ğalaba böldi. Bu oraliqda «qizil iblislar» ikki bor durang öynagan, tört marta yutqazgan va 2023-yilda «Kopenhagen» bilan öyinda minimal ğalabaga (1:0) erişgandi.
Keyingi turda «MU»ni «Atletiko» maydonida qiyin öyin kutmoqda, «Saboh» esa uyda «Slaviya»ni qabul qiladi.
«Bavariya» «Budyo-Glimt»ni ikkinçi bölimda taslim qildi – 5:0. Mehmonlar darvozaboni Nikita Xaykin jarohat olişi öyindagi buriliş nuqtasiga aylandi.
Birinçi bölimda Xaykin jami beşta seyv amalga oşirgan, xususan, Luis Diasning boşda yaqin masofadan yöllagan zarbasi hamda Jamol Musialaning olis masofadan yöllagan zarbasini qaytargandi. Yozua Kimmihning zarbasidan keyin esa töp darvoza ustunini titratdi. Birinçi bölim oxirida norvegiyaliklar klubi darvozaboni original seyv ijro etdi. Xaykin Kimmihning navbatdagi zarbasidan keyin töpni darvoza çiziği ustida oyoqlari orasida qisib qolib töxtatdi. Lekin rossiyalik darvozabon aynan şu epizodda jarohatlandi va ikkinçi bölimga tuşmadi.
Tanaffusdan keyin «Budyo» soçilib ketdi. Xaykin örniga darvozada turgan Yulian Faye Lunn beşta gol ötkazib yubordi. 47-daqiqadayoq Musiala hisobni oçdi. Keyin esa nemis maşinasi işga tuşdi: Harri Keyn Maykl Olisening uzatmasidan keyin töpni boş bilan darvozaga mixladi, keyin esa Alfonso Devis qaytarib bölmas zarbasi bilan hisobni yiriklaştirdi. Qolgan daqiqalarda esa Olise jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbalari bilan raqibni uzil-kesil taslim etdi – 5:0.
«Bavariya» Çempionlar ligasida 900 gollik dovondan ötgan ikkinçi klubga aylandi. Endi myunxenliklarning asosiy yevrokubokda urgan gollari soni 904 ta. Oldinda faqat «Real» 1139 gol bilan joylaşgan.
Keyingi turda ham Germaniya va Norvegiya jamoalari duellari kutmoqda: «Bavariya» safarda «Viking» bilan öynaydi, «Budyo» «Borussiya»ni qabul qiladi.
«Komo» – Çempionlar ligasining yana bir debyutanti. Sesk Fabregas şogirdlari Italiyaning birinçi turda ğolib bölgan yagona jamoasi böldi. «Komo»ning YeÇLdagi ilk goliga jamoaning xorvatiyalik yarimhimoyaçisi Martin Baturina mualliflik qildi, bölim oxirida jamoaning gretsiyalik hujumçisi Anastasios Duvikas darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borib, hisobni mustahkamladi. Ikkinçi bölimda Assane Diao va Maksimo Perrone ham öz nomiga bittadan gol yozdirib qöyişdi. «Leypsig» esa Andriy Maksimoviçning birgina goli bilan javob qaytardi. A Seriya vakillari şu kuni juda yorqin öyin körsatişdi va öziga yangi muxlislar orttirdi.
Keyingi turda uşbu ikki jamoa ham Eredivizya vakillariga qarşi öynaydi – «Komo» «Feyenoord» mehmoni böladi, «Leypsig» PSVni qabul qiladi.
Istanbulda Joze Mourinioning ikki sobiq jamoasi uçraşdi. Birinçi bölimda «Roma»ning qöli baland keldi, ikkinçisida – «Fenerbahçe»ning. Brian Kristantening goliga ikkinçi bölim boşida «Fener»ning angliyalik himoyaçisi Arçi Braun javob qaytardi.
Turklar klubi ğalabani ilib ketişi ham mumkin edi, ammo rimliklar darvozaboni Mile Svilar bir neça bor mehmonlarni qutqarib qoldi. Hisob 1:1 holatida darvozabon Vedat Murikining yaqin masofadan yöllagan zarbasini oyoqlari bilan qaytarib qoldi, öyin oxirida yana bir zarba darvoza tösiniga bordi. Rimliklar sobiq hujumçisi Romelu Lukakuning maydonga tuşişi ham turklarga yordam bermadi.
Öyindan keyin esa kutilmagan voqea röy berdi: «Fenerbahçe» ustozi Ismoil Kartal matbuot anjumanida kutilmaganda öz isteʼfosini eʼlon qidi. Manbalarga köra, klub muxlislaridan biri murabbiyga qarata butilka uloqtirgan va Kartal hissiyotga berilib, qaror qabul qilgan. Istanbulliklar jamoasi içki çempionat startidagi tört öyindan ikkitasida yutqazgaç, muxlislar va jurnalistlar tomonidan yopirilgan tanqidlar uni bezdirib yuborgandi.
Şundan keyin istanbulliklar klubi mikst-zonasida ğaroyib voqealar böldi: klub prezidenti darhol uşbu isteʼfo haqida eşitişni istamasligini aytdi va Kartalni jamoa bilan keyingi maşğulotlarda kutişini bildirdi.
Şuningdek, uşbu öyinda istanbulliklar oçko olişini taʼminlagan Arçi Braun bilan intervyu internetda keng tarqalmoqda: unda jurnalist futbolçiga murabbiy isteʼfo berganini aytadi, futbolçi esa bu yangilikka işonmagani va tarjimada xatolik böldi deb öylagani, hayron bölgança vaziyatni aniqlaştirişga harakat qilayotganini köriş mumkin.
Keyingi turda «Roma» «Real»ni qabul qiladi, «Fenerbahçe» «Aston Villa» mehmoni böladi.
Eyndhovenda bölib ötgan öyin ham Istanbuldagi kabi ssenariyda keçdi: birinçi bölim oxirida mehmonlar hisobni oçişdi, ikkinçi bölim boşida mezbonlar muvozanatni tikladi. Birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Gleyker Mendosa çiroyli zarbasi bilan «Şaxtyor»ni hisobda oldinga olib çiqqandi, ammo hakamlar bu golni uzoq tekşirişdi.
Gap şundaki, uşbu golli hujum davomida maydon markazida niderlandlar himoyaçisi Serdjino Dest töqnaşuv oqibatida gazonda yotib qolgandi, ammo yakunda hakamlar bu yerda ukrainlar jamoasi vakili töpga birinçi bölib ulgurgan deb topişdi va golni hisoblaşdi.
Dest şundan keyin katta iştiyoq bilan harakat qildi va ikkinçi bölim boşida hujumga ötib, hisobni tenglaştiruvçi golni urdi. Mezbonlar köproq hujum qildi va köproq zarba berişdi (7 ga qarşi 9), ammo hisob özgarmay qoldi. Istanbuldagidan farqli ölaroq, Niderlandiyada heç kim durangdan keyin isteʼfo berib yubormadi.
PSV keyingi turda safarda «Leypsig»ga qarşi öynaydi, «Şaxtyor» esa «Stemford Brij» öyingohida Gretsiyaning AEK klubini qabul qiladi.
Kunning eng dramatik bahsi Pragada bölib ötdi. «Slaviya» va «Lans» tanaffusga golsiz çiqib ketgandi. Ikkinçi bölim boşida esa barçasi qizib ketdi. Mezbonlar ustozi tanaffusda hal qiluvçi özgartirişni amalga oşirdi. Jarohat olgan David Zima örniga 20 yoşli debyutant Mikulaş Koneçni tuşirildi. U esa bir neça daqiqa ötmasdan sönggi umid foli uçun maydondan çetlatildi.
«Slaviya» darhol hisobni oçdi – Daniel Şturm olis burçakni aniq nişonga oldi. 73-daqiqada esa mehmonlar yarimhimoyaçisi Abdalla Sima muvozanatni tikladi, ammo öyinning asosiy vaqti yakunlanişi arafasida yana Şturm katta sahnaga çiqdi va dublni rasmiylaştirdi.
Möʼjiza röy berişi yaqin edi: çexlar bir bölim ozçilik bölib öynaganiga qaramay, ğalaba qozonişi mumkin edi. Ammo «Lans» bunga rozi emasdi. 90+1-daqiqada Florin Toven boşda yöllagan zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Va bu hali hammasi emasdi. 90+3-daqiqada Ruben Agilar mezbonlarni öz jarima maydoni yaqinida töp yöqotgani uçun jazoladi. «Lans» qöşimça daqiqalarda 1:2 hisobini 3:2 körinişiga özgartirdi. «Slaviya» munosib kuraş olib bordi, ammo yakunda oçkolarsiz qoldi. Bunday mağlubiyat jamoaning ruhiy holatiga jiddiy zarba bölişi mumkin.
Keyingi turda «Lans» «Sporting»ni qabul qiladi, «Slaviya» esa «Saboh»ga qarşi öyin uçun Bokuga safar qiladi.
1-turdan keyin turnir jadvali. «Komo» – kuçli beşlikda
«PSJ», «Bavariya», «Barsa» va «MU» kabi jamoalar töplar nisbati evaziga peşqadamlik qilmoqda. Debyutant «Komo» ham ular qatorida.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi