Fransiyaning “Pari Sen-Jyermen” klubi yarimhimoyaçisi Xviça Kvaratsxeliya 2025/26 yilgi Çempionlar ligasining eng yaxşi öyinçisi deb e’tirof etildi.

Finalda PSJ “Arsenal”ni penaltilar seriyasida (4:3) mağlub etdi, asosiy vaqt esa 1:1 hisobida yakunlandi.

Turnir yakunlariga köra, gruziyalik yarimhimoyaçi ajoyib natija körsatdi: 10 ta gol va 7 ta golli uzatma. U bu natijaga 16 ta öyinda erişdi.

25 yoşli futbolçi PSJ tarkibida Çempionlar ligasida ketma-ket ikkinçi bor ğoliblikni qölga kiritdi.

Kvaratsxeliya Çempionlar ligasining 2022/23 yilgi mavsumida eng yaxşi yoş futbolçi deb topilgandi.