Navoiy viloyatining Konimex tumani har tomonlama qulay joylaşuv geografiyasiga ega. Avtomagistral yöllari Zarafşon, Uçquduq va Tomdi tumanlarini özaro boğlaydi, eng muhimi viloyat markazidan bor yöği 25 km uzoqlikda joylaşgan, xalqaro yuk taşişga möljallangan aeroport orasi 35 km masofani taşkil etgani ham tadbirkorlar uçun ança qulay.

Şu bilan birga, tadbirkorlik sub'yektlariga yer maydoni ajratiş uçun tuman zaxirasida böş yer maydonlari mavjud. Tuman kommunal tarmoqlar, elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza içimlik suvi bilan ta'minlangan.

Bundan taşqari, tuman markazidan 5 km uzoqlikda temir yöl stansiyasi (yuk taşiş uçun) faoliyat yuritmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 29 sentabrda PQ-3301-sonli qaror qabul qilinib, uşbu qarorga asosan Navoiy viloyati Konimex tumanida faoliyat körsatayotgan tadbirkorlar bilan bir qatorda yangidan taşkil etiladigan tadbirkorlik sub'yektlariga katta soliq imtiyozlari berildi.

Qaror bilan Konimex tumani aholisining yaşaş şaroitlarini yanada yaxşilaş uçun yangi taşkil etilayotgan tadbirkorlik sub'yektlari barça turdagi soliqlardan ozod etilganligi tuman ahli uçun bildirilayotgan ğamxörlikning amaliy ifodasidir.

Jumladan, 2017 yil 1 oktabrdan boşlab 2028 yilning 1 yanvariga qadar, tumanda sanoat va xizmat körsatiş sohasida yangi taşkil etilayotgan tadbirkorlik sub'yektlarini (savdo va avtomobillarga gaz qöyiş xizmatidan taşqari) barça turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamğarmalariga tölovlardan;

tuyaçilik va çorvaçilik mahsulotlarini qayta işlaş sohasida faoliyatini amalga oşiruvçi fermer xöjaliklari va tadbirkorlik sub'yektlari - yagona ijtimoiy tölovdan;

davlat röyxatidan ötgan va tuman hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar - qat'iy belgilangan soliqlardan;

davlat röyxatidan ötgan va faoliyat yuritayotgan yuridik şaxslarning muassislari dividend tarzida olingan foydasidan tölaydigan daromad soliğidan ozod etildi.

Tadbirkorlik sub'yektlariga beriladigan bunday imtiyoz va preferensiyalardan foydalangan holda, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va aholi bandligini ta'minlaş maqsadida Konimex tumanida tadbirkorlikni amalga oşirişga barça işbilarmonlarni çorlab qolamiz.

Telefonlar: 

8 436 51 22 430

8 436 51 22 850

+998 97 797 55 77

Reklama huquqi asosida