Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yaqinda bölib ötgan majlisida «2019 yilga byudjyet-soliq siyosati Kontseptsiyasi va 2020-2021 yillarga prognoz möljallari qabul qilinişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi qizğin muhokama etilib, tanqidiy körib çiqilgan edi.
2019 yilgi byudjyet va soliq siyosatining asosiy yönalişlari Kontseptsiyasiga muvofiq işlab çiqilgan mazkur loyiha parlament quyi palatasining qömitalari, fraksiyalarida bölib ötgan muhokamalarda ham, yalpi majlisda ham deputatlarning bir qator savol va e'tirozlarini keltirib çiqargandi. 2018 yil 11 dekabr kuni esa parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida uşbu qonun loyihasi qayta körib çiqildi.
Soliq kodeksining 68-1-moddasi — “Soliq tölovçilarni pasportlaştiriş” böyiça deputatlar va mutaxassislarning uzoq muhokamalaridan söng, soliq tölovçilarning manfaatlarini hisobga olib, mazkur modda soddalaştirildi.
Pasportlaştiriş jarayonining davriyligi belgilab qöyildi, ya'ni, uni har yili emas, balki uç yilda bir marotaba ötkaziş belgilandi.
Şuningdek, soliq tölovçilarni pasportlaştiriş natijasida tuzilgan dalolatnoma soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaşga asos bölişiga doir norma, şuningdek, bu jarayonga huquqni muhofaza qiliş idoralarini jalb etişga oid norma çiqarib taşlandi.
Muhokamalarda işçi guruh tomonidan alohida ta'kidlandiki, pasportlaştiriş jarayoni tadbirkorlarning moliyaviy-xöjalik faoliyatiga aralaşuvlarni nazarda tutmaydi.












