Çempionlar ligasi G guruhining sönggi tur uçraşuvlari ötkazildi.
"Real Madrid" öz maydonida TsSKAni qabul qilib, kutilmaganda yirik hisobda mağlub böldi – 0:3.
37-daqiqada Çalov hisobni oçgan bölsa, oradan 6 daqiqa ötib, Şennikov hisobdagi farqni oşirdi. 73-daqiqada Sigurdsson ham öz hisobiga 1ta gol yozib, mehmonlarning yirik hisobdagi ğalabasini ta'minladi.
Guruhning ikkinçi uçraşuvida "Viktoriya Plzen" öz maydonida "Roma"ni qabul qilib, 2:1 hisobidagi ğalabani qölga kiritdi.
Maydon egalari safida Kovarjik hamda Xori 1tadan gol urgan bölsa, mehmonlarning yagona goli Under tomonidan kiritildi.
Guruhda 12 oçko töplagan "Real" 1-örinni egallagan bölsa, 2-poğonani 9 oçko bilan "Roma" band qildi.
7 oçko töplagan "Viktoriya Plzen" esa özaro öyinlar hisobiga 3-örinni egallab, Yevropa ligasiga yöl olgan bölsa, TsSKA esa guruhda sönggi poğonani band qildi.
Real Madrid – TsSKA 0:3
Gollar: 0:1 – 37 Çalov, 0:2 – 43 Şennikov, 0:3 – 73 Sigurdsson.
Real Madrid – Kurtua, Valexo, Marselo (Karvaxal, 74), Odriosola, Xaver Sançes, Lorente (Kroos, 58), Valverde, Isko, Asensio, Vinisius Junior, Benzema (Beyl, 46).
TsSKA – Akinfeyev, Rodrigo Bekao, Magnusson, Şennikov , Nababkin, Oblyakov (Kuçayev, 89), Bistroviç, Sigurdsson (Nisimura, 90), Vlaşiç, Fernandes, Çalov (Ernandes, 84).
Ogohlantirişlar: Şennikov (78), Valverde (90).
Viktoriya Plzen – Roma 2:1
Gollar: 1:0 – 62 Kovarjik, 1:1 – 67 Under, 2:1 – 72 Xori.
Viktoriya Plzen – Gruşka, Geyda, Limberski, Gavel, Gubnik, Proxazka, Groşovski, Çermak (Gorşava, 82), Kopits (Petrjyela, 71), Kovarjik, Xori (Rjyezniçek, 87).
Roma – Mirante, Manolas, Kolarov, Santon (Florentsi, 75), Markano, Kristante, Nzonzi (Pellegrini, 80), Pastore (Dzanolo, 59), Under, Klyuyvert, Şik.
Ogohlantirişlar: Limberski (22), Klyuyvert (79), Pellegrini (89).
Çetlatiş: Pellegrini (90).













