Şayxontohur tumanidagi mavjud 36ta umumta'lim maktabida bugungi kunda 40097 nafar öquvçi ta'lim olmoqda. Uşbu öquvçilarning 46 nafari turli sabablarga köra uyda tahsil olmoqda. Şulardan 3 nafari yöl transport hodisasi tufayli, qolganlari esa turli ruhiy va jismoniy nuqsoni tufayli uyda öqitiladi. 

Jumladan, Şayxontohur tumani 2-sektorida ham 8ta maktab mavjud bölib, ulardagi 11 nafar öquvçi uyda tahsil olmoqda. Ayniqsa, tumandagi imkoniyati çeklangan, aqliy rivojlanişida nuqsoni bölgan öquvçilar uçun möljallangan 37-sonli maxsus maktab ham 2-sektorda joylaşgan. Bu maktabdagi öquvçilarga maxsus ta'lim dasturi asosida bilim bilan bir qatorda, ularga imkoniyatiga yaraşa turli kasblar örgatiladi. Maktabni bitirgaç esa, imkoniyatiga yaraşa işga joylaştirilişiga kömaklaşiladi. Uşbu maktabni tuman prokuraturasi öz otaliğiga olgan bölib, doimiy ravişda uşbu maktabga taşrif buyurilib, uning zarur bölgan ehtiyojlarini ta'minlaşda imkon qadar yaqindan yordam körsatib kelinmoqda. 

Davlatimiz, ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar negizida xalq farovonligi yotadi. Şunday ekan, imkoniyati çeklangan, nogiron bölib qolgan insonlar ham har doim diqqat-eʼtibordan çetda qolmasdan ularga birday mehr körsatib kelinmoqda. Sektor mas'uli sifatida tuman prokurori Hoşimov Oybek Anvarjonoviç,  prokuratura xodimlari, tuman xalq  ta'lim bölimi, mahalla faollari bilan birgalikda uyda ta'lim olayotgan öquvçilar xonadonlariga taşrif buyurib, ularga zarur bölgan öquv qurollarini topşirişdi.

Xususan, Şayxontohur tumani Janggoh 15, 1-monolit 16-xonadonda yaşovçi 37-maktabning 3-sinf öquvçisi Şoinoğomov Muxammadsidiq Jamşid öğliga, Şayxontohur tumani Taxtapul mavzesi Zuxur Kabulov köçasi 38-uyda istiqomat qiluvçi 20-maktabning 4-sinf öquvçisi Toxirjonova Zubayra Zokir qiziga, Markaz 13-32-uy,8-xonadonda istiqomat qiluvçi 42-a-maktabning 7-sinfida öqiyotgan  Abduraşidov Asilbek Aziz öğliga, Markaz 14, 11-uy, 6-xonadonda istiqomat qiluvçi 59-maktabning 10-sinf öquvçisi Saidov Dilşodga parta, doska, öquv qurollari va portfel berildi. 1-guruh nogironi Janggoh 15-2ab, 37-uyda yaşovçi Toxtanazarova Umida Olimjon qizi esa nogironlar aravaçasi bilan ta'minlandi.

Yuqoridagi qayd etilgan öquvçilarning barçasiga Konstitutsiyaning 26 yilligi hamda nogironlar kuni munosabati bilan «Faxriy yorliq»lar topşirildi.