Mordoviyada Özbekiston fuqarosi bölgan 25 yoşli erkak tomonidan sodir etilgan şafqatsiz qotillik holati yuzasidan jinoiy işni tergov qiliş yakunlandi. Uning qurboniga 26 yoşli homilador rafiqasi aylangan.
Migrant jinoyatni 2018 yilning 20 fevralida Luxovkada sodir etgan. Qotil homiladorlikning 30-haftasida bölgan ayolni böyinboğ bilan böğib öldirgan. Şundan keyin u öz joniga qasd qilmoqçi bölgan, lekin bu ğoyadan voz keçdi va voqea yuz bergan joydan yaşirindi.
Oradan bir munça vaqt ötgaç, erkak politsiyaga kelgan va qotillik sodir etganini tan olgan. Migrant qotillikka sabab sifatida turmuş örtoğining qarindoşlarini keltirgan, ular bu oila qurilişiga qarşi bölişgan hamda ajraşişni talab qilişgan. Jinoyatçi öz aybini töliq tan oldi, deya xabar beradi RIA Info-RM.
Eslatib ötamiz, avvalroq Doğistonda Özbekistonning 25 yoşli fuqarosi öz rafiqasini öldirganlikda gumonlanayotgani xabar qilingandi.












