Dam oliş kunlarida Yevropa çempionatlarida navbatdagi tur öyinlari davom ettiriladi. Angliyada «Liverpul» va «Mançester Yunayted» örtasida derbi maqomidagi öyin, Ispaniyada grandlar kuçsiz raqiblarga qarşi öyinlarda navbatdagi oçkolarni qölga kiritişga harakat qilişadi.

MANÇeSTeR SITI – EVeRTON (15 dekabr, 17:30)

«Mançester Siti» öz maydonidagi «Everton»ga qarşi öyini qandaydir ötkinçi uçraşuvdek körinişi mumkindek, ammo ba'zi sabablar borki, ayniqsa, «Liverpul» muxlislari bemalol qöşnilaridan madad kutişlari mumkin.

Birinçidan, ötgan turda «Çelsi» mançesterliklar ustidan işonçli ğalabaga erişdi va Gvardiola şogirdlarini 2-öringa tuşirib yubordi. Ikkinçidan esa, «Everton» bugungi «Mançester Siti» uçun eng noqulay raqiblardan biridir. «Etihad»da ötgan sönggi 3 öyinning birortasida ham mezbonlar ğalaba qozona olişmagan. Yana şunday statistikaga «Yunayted» ham ega edi, ammo derbida nihoyat «Siti» uyida işonçli ğalaba qozondi. Umuman, «Everton»ga qarşi ötgan sönggi 7 öyinning atigi 2tasida «Siti» ğalaba qozongan, xolos. Hatto Gvardiolaning ilk mavsumida «Everton» uyida 4:0 hisobida ğalaba qozongandi.

Ammo bilasizmi, 2017 yilning yanvaridagi öşa mağlubiyatdan söng «Mançester Siti» biror marta ham kuçli oltilikdan taşqaridagi jamoadan mağlubiyatga uçramadi. Atigi 7 bor durang qayd etdi xolos. Demak, örtamiyona jamoalarga qarşi juda ajoyib natijalar qayd etayotgan mançesterliklarni yana bir bor «Everton» sinovdan ötkazadi.

De Bryuyne, Aguero kabi futbolçilarning jarohati göyoki «Siti»ga ta'sir qilmayotgandek köringan, hujumda ham, himoyada ham jamoa işlari joyida edi. Ammo Londondagi öyin muammolarni aniq oçib berdi. Ayniqsa, hujum çiziğida Agueroning örni juda ham bilinib qoldi. Buning ustiga David Silva, Fernandino, Stounz kabi futbolçilarning ham jarohatini qöşing. Gvardiolada muammolar talaygina. Buning ustiga, hafta örtasida Çempionlar Ligasida bahs bölib ötdi. Aslida öyin klub uçun u qadar ahamiyatli bölmasa-da, rotatsiyani köngildagidek amalga oşiriş imkoni bölmadi - şundoq ham ijroçilar kam.

«Everton»da tarkib borasida muammolar yöq. Katta ehtimol bilan kuçli raqibga qarşi yetarliça noqulaylik tuğdiriladi. «Everton»ning sönggi safar öyinlariga e'tibor bering - «MYu», «Çelsi», «Liverpul». Göyoki, ilojsiz vaziyatda Silva şogirdlari yomon körinişmadi. «Çelsi» bilan öyinda durang qayd etildi, agar Pikfordning sönggi daqiqadagi xatosi bölmaganda, «Enfild»dan ham oçko olib ketiş mumkin edi. Xullas, tomoşa qilsa arziydigan öyin.  

ReAL - RAYO VALeKANO (15 dekabr, 22:30)

«Rayo Valekano» ham Madrid klubi, demak bu öyinga ham derbi maqomini beriş mumkin. «Real» bu öyinlarda muntazam ğalaba qozonadi, masalan sönggi 10 uçraşuv ham «qaymoqranglilar» foydasiga hal bölgan. Lekin bilasizmi, bu jamoalar örtasidagi juda köp öyinlarda esda qolarli voqealar ham sodir böladi.

Masalan, 2016 yilning aprel oyida bölib ötgan sönggi derbida «Rayo» futbolçilari öyin boşidayoq 2:0 hisobida oldinga çiqib olişgan, ammo keyinçalik hisobni tenglaştirgan mehmonlar, sönggi daqiqalarda ğalaba golini urişgandi. Undan oldingi Bernabeudagi uçraşuv ham köpçilikning esida qolgan - xuddi şunday ssenariyda boşlangan uçraşuvning boşidayoq mehmonlarning ikki futbolçisi qizil kartoçka oladi. «Real» esa, raqibini ayab ötirmay, oz emas, köp emas, 10 marta darvozani aniq nişonga oladi.

Bu safar ham «Real»ning ustunligiga şubha bölmasa kerag-u, ammo öyindan öyinga şoxdan-şoxga sakrayotgan bugungi «Real»dan har narsani kutiş mumkin. «Valensiya» va «Roma» ustidan qozonilgan işonçli ğalabalar, «Eybar» yoki TsSKAdan qabul qilinayotgan yirik mağlubiyatlar bilan almaşib turibdi. Solarining «Real»i haqida aniq va işonçli fikr bildiriş oson emas. Şu tomondan ham navbatdagi derbini qiziqiş bilan kutişga haqlimiz.

Darvoqe, yana bir qiziq fakt. 2002 yilda bu jamoalar Ispaniya kubogi bahsida kuç sinaşişgandi. Taqdirni qarangki, «Real»ning oxirgi uç murabbiyi – Zinedin Zidan, Xulen Lopetegi va Sanyago Solari ham bu öyinda maydonga tuşgan. Lopetegi öşanda «Rayo Valekano» darvozasini qöriqlagan bölsa, bu jamoaning bugungi murabbiyi Miçel Sançes ham öşa öyinda iştirok etgandi.   

ISTANBUL BOŞOQŞeHIR – GALATASAROY (15 dekabr, 21:00)

«Istanbul derbisi» deganda asosan, «Fanerbaxçe», «Galatasaroy», hamda «Beşiktoş»ni tasavvur qilişga örganib qolganmiz. Ammo yaqindagina paydo bölgan va 2011 yilda Superligaga çiqqan «Istanbul Boşoqşehir» jamoasi ham moddiy, ham ambitsiya jihatidan dadil qadamlar taşlamoqda. Jamoa Turkiya çempionatida eng barqaror natijalarni körsatmoqda va sönggi uç yilda çempionlik uçun kuraşdi ham.

«Istanbul BB» tarkibi esa, nafaqat turkiyalik, balki butun futbol muxlislariga taniş bölgan nomlardan iborat. Vulqon Bobojon, Emre Belezöğli, Arda Turon kabi mahalliy yulduzlardan taşqari, Klişi, Inler, Elia, Adebayor kabi tajribali va maşhur yulduzlar bor.

Doim sönggi turlarda yo «Galatasaroy» yoki «Beşiktoş»ning tajriba hisobiga uloqni olib ketişi yangi jamoaga oğir botgan körinadiki, bu safar tezlikni yanada qattiqroq olişdi. «Istanbul» 15 turdan söng, eng yaqin ta'qibçisini 7 oçko ortda qoldirgan holda peşqadamlik qilmoqda. 15 öyinning 10tasida öz darvozasini daxlsiz saqlay olgani va atigi 6 gol ötkazib yuborgani ham tahsinga sazovor. Saralaş bosqiçidayoq yevrokuboklardan çiqib ketgani, jamoaning boşqa yetakçilarga nisbatan ustunligini ta'minlayapti.

«Galatasaroy» turnir jadvalida 7-poğonada turgan bölsa-da, vaziyat u qadar oğir emas. Sababi, peşqadamning ta'qibçilari şu qadar ziç joylaşganki, masalan, 2-örindagi «Qosimpoşo» bilan farq atigi 1 oçkoni taşkil qilmoqda xolos. Ya'ni, bir ğalaba bilan 2-öringa kötarilib oliş mumkin.  Ammo sönggi turlardagi muvaffaqiyatsizliklar (2 durang, bir mağlubiyat) natijasida «Galatasaray» «Istanbul» bilan oradagi farqni kattalaştirib yubordi.

Özaro öyinlarga kelsak, ayniqsa, «Istanbul BB»ga pul kirib kelganidan buyon, «Galatasaroy»dan ustunligini namoyiş qilmoqda. «Istanbul»dagi sönggi ikki öyinda mezbonlar yirik hisobda ğalaba qozonib, raqib darvozasiga 9 gol urgani ham «Galatasaray»ni qiyin kutib turganini körsatib turibdi. Umuman, bu yerdagi sönggi 5 öyindan 4tasida mezbonlar ğalaba qozonişgan va uçtasida yirik hisob qayd etilgan.

Tarkiblar borasida, ahamiyatli yöqotişlar yöq. Mehmonlar tarkibida Yunus Belhandaning yanvargaça maydonga tuşmasligidan taşqari, himoyaçi Ryan Donk diskvalifikatsiya tufayli jamoasiga yordam bera olmaydi. Şuningdek, «Galatasaroy» ikki kun oldin «Portu»ga qarşi juda dramatik öyinda maydonga tuşgani, «Istanbul» esa, yuqorida aytilganidek, yevrokuboklarsiz yetarliça tayyorgarlik vaqtiga ega ekanini ham hisobga olsak, mezbonlarning imkoniyati yanada oşadi. 

TORINO – YuVeNTUS (16 dekabrga ötar keçasi, 00:30)

Derby della Mole – italyançada xuddi şunday ataladigan Turin derbisi 110 yillik tarixga ega. «Yuventus» Italiyada va dunyoda millionlab muxlislari bor maşhur klub bölsa-da, Turin şahrining özida «Torino»ning tarafdorlari köproq sanaladi. 1906 yilda «Yuventus»ning sobiq futbolçilari tomonidan tuzilgan bu jamoa ayniqsa, ötgan asrning 40-yillaridagi (beş marta çempionlik) yorqin öyinlari va albatta, butun tarkibni dunyodan olib ketgan 1949 yildagi mudhiş aviahalokat tufayli yanada köproq e'tibor qozongan.

A Seriyada sönggi çempionlikni 42 yil oldin nişonlagan, Italiya Kubogini esa oxirgi marta 1993 yilda qölga kiritgan «Torino» buyoğiga sovrinlar borasida qöşnilardan katta farq bilan ortda borsa-da, aynan muxlislarning köpligi va qöllab-quvvatlaşlari tufayli derbilarda juda yaxşi harakat qila oladi. Sönggi 12 öyinda «Torino» atigi bir marotaba ğalaba qozongan bölsa-da, ayniqsa, «Olimpiko Grande Turin» stadionidagi öyinlarda raqibiga doimo keskin qarşilik körsatib kelgan.

Matstsari şogirdlari sönggi paytlarda murosasiz jamoalardan biri bölib qolmoqda va oxirgi 12 öyindan atigi bir mağlubiyat qayd etilgani ham buning yaqqol isbotidir. «Yuventus» esa, tarixidagi eng yaxşi startni amalga oşirmoqda va oçko töplaş böyiça butun Yevropada eng yaxşi körsatkiçga ega. Turinliklar jamoasining mağlubiyatsiz seriyasi A Seriyada 20 uçraşuvga yetib ulgurdi.

Tarkiblarga kelsak, «Torino»dan farqli ravişda, mehmonlarda bir qator muammolar bor. Bartsali, Konselu, Guardado, Benatiya, Xedira kabi futbolçilar yordamidan murabbiy foydalana olmaydi. Şuningdek, «Yuventus» kuni-keça Şveytsariyada YeÇL öyinida maydonga tuşganini ham unutmaslik kerak. Bu öyin turinliklar uçun u qadar muhim hisoblanmasa-da, jamoa asosiy tarkib bilan harakat qilganini ta'kidlaş kerak. Bu ham mezbonlarning öyinda tetikroq va dadilroq bölişlari kerakligini taqozo qiladi.  

LION – MONAKO (16 dekabr, 17:00)

Fransiyadagi tartibsizliklar tufayli, ötgan turda 6 uçraşuv boşqa kunga qoldirildi. Bu safar ham ba'zi öyinlar ötkazilmasligi aniq. Şunday holatda «Lion» va «Monako» töqnaşuvi, albatta, markaziy öyin maqomini oladi.

«Monako» 17 öyinlik ğalabasiz seriyadan söng 19-öringa tuşib qolgan bölsa-da, birinçidan, bu seriya barham topdi va «Monako» sönggi uç öyindan ikkitasini öz foydasiga hal qildi. Ikkinçidan, nima bölgandayam, «Monako» bu yil Çempionlar Ligasida qatnaşayotgan jamoa, tajriba va tarkib jihatdan alohida uçraşuvlarda har qanday raqibga muammo tuğdira oladi.

«Lion» esa, barça musobaqalarda tört öyindan buyon ğalaba nimaligini bilmayapti. Töğri, bu öyinlarda erişilgan uç durang deyarli ğalabaga tengdir. Avvaliga, «Mançester Siti» bilan 2:2 öynaşdi, keyin esa, 2-örin uçun asosiy raqobatçi bölgan «Lill» maydonida xuddi şu hisobdagi durang qayd etildi. Ukrainadagi durang esa, «Lion»ga Çempionlar Ligasida nimçorak final yöllanmasini taqdim etdi. Demak, aytiş mumkinki, lionliklar juda muhim va qiyin davrni «tört» bahoga yakunlay olişdi. Endi esa, «Monako»ni yengib, avvalgi, yengil va barqaror rejimga ötib oliş talab etiladi.

Bu öyinga alohida e'tibor qaratilişining yana bir sababi – sönggi töqnaşuvlar ança murosasiz ötgan. Oxirgi 3 öyin bir xil 3:2 hisobida yakunlangan. Ikki marta «Lion», bir marta «Monako» ustun kelgan. Qiziği, bu öyinlarning ikkitasida mağlub taraf avval hisobda oldinga çiqib olib, keyin imkoniyatni boy berib qöygan bölsa, bir öyinda «Lion» ğalaba golini hakam tomonidan qöşib berilgan 5-daqiqada urgan. Ya'ni, bu jamoalarning uçraşuvi juda keskin va murosasiz ötişi an'anaga kirib ulgurdi.

LIVeRPUL - MANÇeSTeR YuNAYTeD (16 dekabr, 21:00)

«Liverpul»ning kayfiyati joyida, jamoa bir haftada ham APLda «Mançester Siti»ni ortda qoldirib, birinçi poğonaga kötarilib oldi, ham ikki kun oldin «Napoli» bilan juda muhim öyinda kerakli hisobni qayd etib, Çempionlar Ligasining keyingi bosqiçiga çiqdi. Klopp jamoasi ligada mağlubiyat nimaligini bilmayotgan yagona jamoa bölib qolmoqda. Bu an'anani davom ettiriş uçun yaxşi raqib - «Mançester Yunayted» kabi azaliy duşman oldida öz ustunligini namoyiş etiş mumkin. Va ayniqsa, Mourino jamoasi ança böş va oğir davrni boşdan ötkazayotgan bir paytda.

Keyingi abzats esa, «Mançester Yunayted»ning optimist muxlislari uçun. «Liverpul» sakkiz öyindan beri APLda «MYu»ni yenga olmayapti. Lui van Gaal tört öyinni öz foydasiga hal qilgan bölsa, Mourino davrida uç durang va bir öyinda «Old Trafford» mezbonlari ustun kelişgan. Umuman, Yevropa Ligasidagi yutuqni aytmasa, Yurgen Klopp hali biror marta ham APLda «qizil iblislar»ni mağlub etolgani yöq.

«Liverpul»ning barça jamoalarga dahşat soluvçi triosi bor - Saloh, Firmino va Mane. Mana şu uç futbolçi ham hali liverpulliklar safida «MYu» darvozasiga na bir gol urdi, na bir golli pasni amalga oşirdi. Katta öyinlarda «har balo»ni kutiş mumkin bölgan Mourino effektini ham inobatga olsak, yakşanba oqşomida peşqadamlarga oson bölmaydi. Darvoqe, Jozening «MYu» boş murabbiyi sifatida «Enfild»ga har ikki taşrifi ham 0:0 hisobi bilan tugagan.  

Tarkiblar borasida mezbonlardan Jyeyms Milnerning maydonga tuşişi söroq ostida. U muşaklaridan yengil jarohat olgan. Şuningdek, Trent Aleksandr-Arnold ham jamoaga yordam berişi aniq emas. Mehmonlarning holati esa, biroz mavhum. Antoni Marsiyal va Viktor Lindelof, şuningdek, Lyuk Şouning holati qandayligi noma'lum. Murabbiy Kris Smollingni ham Valensiyaga olib ketmagandi, ammo Liverpuldagi öyinda tayyor bölişidan umid qilgandi. Umuman, «MYu» YeÇLda u qadar ahamiyatsiz öyinda qatnaşgani uçun, qaysi futbolçi qay holatda ekani haqida aniq baholaş qiyin. Mourino ba'zi soğlom futbolçilarga ham dam bergan bölişi mumkin.

«Liverpul», aksinça, YeÇLda juda oğir öyin ötkazdi. Öyingaça u raqibidan bir kun köproq dam olgani va öyinlarni öz maydonida öynayotgani ustunlik bersa, «Mançester Yunayted» «Valensiya»ga qarşi deyarli maşğulot öyinini ötkazgani e'tibori bilan, ularda ham qöşimça imkoniyat bor. Köramiz.

BOŞQA ÖYINLAR

15 dekabr. «TOTTeNHEM» – «Byornli» (20:00), «Valyadolid» – «ATLeTIKO» (20:15), «Hannover» – «BAVARIYa» (19:30), «INTeR» – «Udineze» (22:00), «BORUSSIYa» D – «Verder» (22:30)

16 dekabr. «Brayton» – «ÇeLSI» (18:30), «Sauthempton» – «ARSeNAL» (18:30), «Kalyari» – «NAPOLI» (22:00), «Levante» – «BARSeLONA» (17 dekabrga ötar keçasi, 00:45).