Britaniyaning Çester şahridagi hayvonot boğida yonğin yuz berdi, voqea joyida öt öçiruvçilar iş olib bormoqda. Bu haqda hayvonot boği ma'muriyati xabar berdi.
"Hayvonot boğida bölgan tomoşabinlar evakuatsiya qilindi", - deyiladi hayvonot boğining Twitter akkauntidagi xabarda.
Voqea guvohlari ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirgan videolavhalarda hayvonot boği gumbazi alanga bilan qoplanganini va quyuq tutun çiqayotganini köriş mumkin.
Jabrlangan odamlar va hayvonlar töğrisida hozirça rasmiy xabar berilmagan.
Çester hayvonot boği 1931 yilda oçilgan bölib, Buyuk Britaniyadagi eng yirik hayvonot boğlaridan biri hisoblanadi (maydoni 51 gektar).












