Gruziyaning birinçi prezidenti Zviad Gamsaxurdianing öğillari Konstantin va Tsotne Gamsaxurdia prokuratura otalarining ölimi tafsilotlari tergovini oxirigaça yetkaziş talabi bilan oçlik boşlaşlarini ma'lum qilişdi.
Ular boş prokuratura binosi yonida jurnalistlarga 31 dekabrda otalarining ölimi kuniga 25 yil bölişini va tergov qonun böyiça belgilangan muddat ötib ketganligi sababli yopilişini ma'lum qilişdi. Konstantin va Tsotnening aytişiça, ular tergovning şu muddat tugagunça yakunlanişini talab qilişmoqda.
Uşbu talab munosabati bilan boş prokuraturada jurnalistlarga Gamsaxurdianing öğillariga prokuratura vakillari, jumladan işni olib borayotgan tergovçi bilan uçraşiş taklif qilingani, biroq ular uçraşuvga kelişmagani ma'lum qilingan.
Gamsaxurdianing tönğiç öğli Konstantin feysbukdagi sahifasida prokuratura qabulxonasida 24 dekabrda oçlik e'lon qilişini ma'lum qilgan. Uning fikriça, Gruziyaning amaldagi rahbariyati birinçi prezidentning öldirilişi işiga nuqta qöyiş uçun tegişli irodani körsatişni istamayapti.
Zviad Gamsaxurdia 1993 yil 31 dekabrda Dzveli Xibula qişloğida noma'lum şaroitlarda vafot etgan. Gamsaxurdianing ölimi böyiça iş 1994 yil fevralda qözğatilgan. Öşandagi tergov natijalariga köra, u öz joniga qasd qilgani örnatilgan. Bu orada sobiq prezidentning öğillari otalari öldirilganini ta'kidlab keladi. 2015 yilda boş prokuratura tergov işini “Öz joniga qasd” qiliş moddasidan “Qotillik” moddasiga özgartirgan.












