Özbekiston Transport vazirligi Gruziya bilan hamkorlikda xalqaro avtomobilda yuk taşuvlari sohasida elektron ruxsatnoma (E-permit) tizimini joriy etdi.

Qayd etilişiça, Gruziya bilan “ikki tomonlama”, “tranzit” hamda “uçinçi davlatga/dan” turdagi ruxsatnoma blankalari taqsimlanuvçi blankalar turidan çiqarildi. Endilikda mazkur turdagi ruxsatnomalar milliy taşuvçilarga ularning arizalari asosida faqat elektron şaklda (E-permit) beriladi.

“Mazkur tizimning joriy etilişi ruxsatnomalarni oliş jarayonini tezlaştiriş, qoğoz şaklidagi blankalardan foydalanişni qisqartiriş, inson omilini minimallaştiriş hamda xalqaro yuk taşuvlarini amalga oşirişda milliy taşuvçilar uçun yanada qulay va şaffof mexanizm yaratişga xizmat qiladi”, deyiladi Transport vazirligi xabarida.