Özbekiston fuqarolari uçun Gruziyaga kiriş qoidalari: viza, hujjatlar va suğurta
|12:0890612 min
Özbekiston fuqarolariga Gruziyaga boriş uçun viza talab etilmaydi, ammo bu kiriş qoidalariga rioya etiş majburiyatidan ozod qilmaydi. 2026-yildan boşlab sayyohlar tibbiy suğurta rasmiylaştirişlari kerak, böliş muddatini buzganlik uçun esa jarimalar va qayta kiriş taqiqlari belgilangan. Qanday hujjatlarni tayyorlaş va safar oldidan nimalarga eʼtibor beriş lozimligini tuşuntiramiz.
Özbekiston fuqarolari Gruziyaga vizasiz kirişlari va mamlakatda bir töliq yil davomida bölişlari mumkin. Bu Gruziya hukumatining 2015-yil 5-iyundagi 255-son qarorida nazarda tutilgan. Özbekiston fuqarolari vizasiz kirişga ruxsat berilgan mamlakatlar röyxatiga kiritilgan.
Gruziyaga kiriş uçun qanday hujjatlar kerak?
Özbekiston fuqarolari Gruziyaga kirişi uçun amaldagi xorijga çiqiş pasporti zarur. Agar safardan maqsad turizm bölsa, tibbiy suğurta ham talab etiladi.
Çegarada safar maqsadi, yaşaş joyi va mablağ mavjudligini tasdiqlaşni ham söraşlari mumkin. Şuning uçun uçişdan oldin quyidagilarni tayyorlab qöyiş lozim:
Yaşaş joyini tasdiqlaş - mehmonxona bron qilingani haqidagi maʼlumot, ijara şartnomasi yoki mehmon bölib qolişni rejalaştirayotgan şaxsning manzili.
Safar maqsadini tasdiqlaş - masalan, mehmonga ketayotgan bölsangiz, taklifnoma.
Mablağ mavjudligini tasdiqlaş - masalan, bank hisobvarağidan köçirma yoki safar uçun mablağ borligini tasdiqlovçi boşqa hujjatlar.
Qaytiş çiptasi yoki uçinçi mamlakatga çipta - agar u sotib olingan va safar yönalişingizda nazarda tutilgan bölsa.
Uşbu hujjatlar har bir sayohatçidan ham talab qilinmaydi. Biroq zarur tasdiqlovçi hujjatlarning yöqligi mamlakatga kiriş rad etilişiga sabab bölişi mumkin.
Hujjatlar haqida qöşimça maʼlumotni Gruziyaning rasmiy viza portalida oliş mumkin.
Gruziyaga safar uçun tibbiy suğurtani qanday rasmiylaştiriş kerak?
2026-yil 1-yanvardan boşlab Gruziyaga kiriş uçun xorijlik sayyohlardan kamida 30 000 lari miqdoridagi suğurta qoplamasiga ega tibbiy
talab etiladi. Polis butun safar davomida tibbiy xarajatlar va baxtsiz hodisalarni qoplaşi kerak.
Bu talab sayyohlarga nisbatan qöllaniladi. Diplomatik va xizmat pasportlari egalari, diplomatik vakolatxonalarning akkreditatsiyadan ötgan xodimlari hamda xorijliklarning ayrim boşqa toifalari uçun istisnolar nazarda tutilgan.
Suğurtani Özbekistonda uçişdan oldin rasmiylaştiriş mumkin - polisni albatta Gruziya kompaniyasidan sotib oliş şart emas. Asosiysi, u Gruziya talablariga javob berişi kerak.
Rasmiylaştirişdan oldin polisda quyidagilar körsatilganini tekşiring:
Suğurta amal qiladigan mamlakat - suğurta hududiga Gruziya kiritilgan bölişi kerak.
Amal qiliş muddati - suğurta mamlakatga kiriş va undan çiqiş kunlarini ham qamrab olgan holda, bölişning butun davrida amal qilişi kerak.
Suğurta summasi - kamida 30 000 lari.
Suğurta xatarlari - tibbiy xarajatlar va baxtsiz hodisalar.
Hujjat tili - ingliz yoki gruzin tili.
Polis maʼlumotlari - suğurtalangan şaxsning ismi, suğurta kompaniyasi haqidagi maʼlumotlar, qoplaş şartlari, suğurta badali va uni tölaş tartibi.
Suğurtani elektron yoki qoğoz şaklida taqdim etişga ruxsat beriladi. Şuning uçun polis rasmiylaştirilgandan keyin uni telefonda saqlaş kifoya, biroq internetsiz ham oçiş imkoni bölgani maʼqul.
Kun.uz
Gruziyaga safar qiliş uçun Özbekistonda rasmiylaştirilgan suğurta namunasi.
Gruziya uçun tibbiy suğurta qança turadi?
Narx safar davomiyligi, sayohatçining yoşi va suğurta şartlariga boğliq. Masalan, 2026-yil sentabr oyida Özbekistonda rasmiylaştirilgan, Gruziyaga tört kunlik safar uçun möljallangan suğurta 47 960 sömga tuşgan. Polis böyiça suğurta summasi 45 000 yevroni taşkil etgan.
Bu muayyan polisning narxi bölib, barça sayohatçilar uçun yagona tarif emas. Suğurtani tanlaşda faqat narx va suğurta summasini emas, balki qoplanadigan xarajatlar röyxati, istisnolar hamda tibbiy yordam oliş şartlarini ham taqqoslaş zarur.
Gruziya çegarasida tekşiruv qanday ötadi?
Gruziyaga kirişda Özbekiston fuqarolari pasport nazoratidan ötadi. Çegara xodimi hujjatlarni tekşiradi va zarurat bölsa, safar haqida savollar beradi.
Savollarga qisqa va aniq javob bergan maʼqul. Agar xodim maʼlumotlarni tasdiqlaşni sörasa, turarjoy bron qilingani haqidagi maʼlumotni, çiptalarni yoki safarga aloqador boşqa hujjatlarni körsatiş mumkin.
Gruziyaga kiriş nima sababdan rad etilişi mumkin?
Vizasiz rejim mamlakatga kirişni kafolatlamaydi. Gruziyaning «Xorijliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquqiy holati töğrisida»gi qonuni 11-moddasiga muvofiq, quyidagilar kiriş rad etilişiga asos bölişi mumkin:
zarur hujjatlarning yöqligi;
şaxs yoki safar maqsadi haqida yolğon maʼlumot taqdim etiş;
Gruziyaga kirişga amaldagi taqiq;
yaşaş va qaytib ketiş uçun yetarli mablağning yöqligi;
davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibi bilan boğliq holatlar.
Sayyohlar uçun amaldagi talablarga muvofiq tibbiy suğurtaning mavjudligi ham alohida ahamiyatga ega.
Gruziyaga kiriş rad etilsa, nima qiliş kerak?
Agar çegara xizmati mamlakatga kirişni rad etsa, rad etiş sababi körsatilgan qarorni berişlarini va şikoyat qiliş tartibini tuşuntirişlarini sörang.
Zarur bölsa, Özbekistonning diplomatik vakolatxonasiga konsullik yordami sörab murojaat qiliş mumkin. Biroq konsulga murojaat qilişning özi Gruziya çegara xizmati qarorini bekor qilmaydi.
Gruziyada vizasiz qança vaqt böliş mumkin?
Özbekiston fuqarolari Gruziyada mamlakatga kirgan sanadan boşlab bir töliq yil davomida vizasiz bölişlari mumkin.
Kun.uz
Xorijga çiqiş pasportidagi Gruziya çegarasidan ötilgani haqidagi belgilar.
Gruziyada bir yildan ortiq qoliş mumkinmi?
Agar mamlakatda ruxsat etilgan muddatdan uzoqroq qoliş zarur bölsa, yaşaş guvohnomasini oliş yoki qonuniy ravişda böliş uçun boşqa asoslar mavjudligini oldindan tekşiriş kerak.
Şu bilan birga, Gruziyadan qisqa muddatga çiqib, qayta kiriş mamlakatga yana kirişga ruxsat berilişini kafolatlamaydi. Çegaradan har bir ötişda çegara xizmati mamlakatga kiriş uçun asoslarni tekşiriş huquqiga ega.
Gruziyada böliş muddati oşirib yuborilsa, nima böladi?
Gruziyada ruxsat etilgan böliş muddatini oşirib yuborganlik uçun 1 000 laridan 3 000 larigaça jarima va olti oydan uç yilgaça qayta kirişga taqiq belgilangan.
Jumladan, Maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksning 191-moddasida quyidagi jazolar nazarda tutilgan:
1 000 lari (385 dollar) va olti oyga kiriş taqiqi - ruxsat etilgan böliş muddati uç oygaça oşirib yuborilganda.
3 000 lari (1 155 dollar) va uç yilga kiriş taqiqi - böliş muddati bir yildan köprqqa oşirib yuborilganda.
Dollardagi summalar taxminiy bölib, valyuta ayirboşlaş kursiga boğliq.
Masalan, agar Özbekiston fuqarosi Gruziyada ruxsat etilgan muddat tugaganidan keyin yana ikki hafta qolsa, unga 1 000 lari jarima va qayta kirişga olti oylik taqiq xavf soladi.
Jarimani tölaş kirişga taqiqni bekor qilmaydi. Agar jarima tölanmagan bölsa, u qoplanguniga qadar şaxsga Gruziya vizasi berilmaydi va mamlakatga kirişiga ham ruxsat etilmaydi.
Gruziyaga safar uçun eSIM-kartani qanday sotib oliş va ulaş mumkin?
Gruziyada mobil internetni uçişdan oldin eSIM - jismoniy SIM-kartani talab qilmaydigan raqamli SIM-karta yordamida ulaş mumkin. Bu yetib kelgan zahoti xaritalar, messenjerlar va boşqa onlayn xizmatlardan foydalaniş imkonini beradi. Asosiysi, telefon eSIM texnologiyasini qöllab-quvvatlaşi kerak.
Turli xalqaro servislar Gruziya uçun sayyohlarga möljallangan internet paketlarini taklif qiladi. Tanlaşda narx, internet hajmi, amal qiliş muddati va faollaştiriş şartlarini taqqoslaş lozim. Şuningdek, Gruziyada qaysi mobil tarmoqlardan foydalanilişi va paketga qönğiroqlar hamda SMS-xabarlar kiritilgan-kiritilmaganini tekşiriş zarur.
Gruziya uçun eSIM qança turadi?
Misol tariqasida MobiMatter servisi tariflarini körib çiqamiz. 2026-yil 23-oktabr holatiga köra, platformada Gruziya uçun quyidagi takliflar mavjud edi:
Internet
Amal qiliş muddati
Narxi
1 GB
14 kun
£3 ($4)
10 GB
30 kun
£12,5 ($16,75)
20 GB
30 kun
£21 ($28,15)
36 GB
30 kun
£24 ($32,15)
Kun.uz
Bular bitta servis takliflariga misollar bölib, mavjud tariflarning töliq röyxati emas. Narxlar va şartlar özgarişi mumkin, şuning uçun xariddan oldin bir neçta platformalardagi variantlarni taqqoslaş lozim.
Masalan, narxi 3 funt (taxminan 4 dollar) bölgan Georgia Premium 1 GB paketi 14 kun uçun 1 GB internetni öz içiga oladi. Taklif şartlariga köra, amal qiliş muddati birinçi foydalanişdan boşlanadi. Paket faqat mobil internetni taqdim etadi - qönğiroqlar va SMS-xabarlar unga kirmaydi.
2. Internet paketini tanlang. Turli servislarni takliflari narxi, internet hajmi va amal qiliş muddati böyiça taqqoslang.
3. Tölov qiling va eSIM-kartani örnating. Xariddan keyin tanlangan servis körsatmalariga amal qiling. Barqaror internet mavjud bölganida, buni uçişdan oldin amalga oşirgan maʼqul.
4. Yetib kelgaç, tarmoqqa ulaning. Mobil internet uçun örnatilgan eSIM-kartani tanlang va zarurat bölsa, unda roumingni yoqing.
Örnatişdan oldin tarifning amal qiliş muddati qaçon: xarid vaqtida, örnatilganda yoki tarmoqqa birinçi marta ulanganda boşlanişini tekşiring. Turli takliflarda şartlar farq qilişi mumkin.
Kun.uz
Agar telefon eSIM texnologiyasini qöllab-quvvatlamasa, Gruziyaga yetib kelgaç, Magti, Silknet yoki Cellfieoperatorlaridan oddiy SIM-karta sotib oliş mumkin. SIM-kartalar operatorlar ofislarida sotiladi, ayrim takliflarni esa aeroportlarda ham topiş mumkin. Rasmiylaştiriş uçun sayyohdan xorijga çiqiş pasporti talab etiladi.
Agar safar vaqtida qönğiroq qiliş yoki SMS-xabarlar qabul qiliş uçun Gruziya raqami kerak bölsa, tanlangan tarif bunday imkoniyatni taqdim etişini oldindan tekşiring. Köplab sayyohlik eSIM-kartalari faqat mobil internet uçun möljallangan.
Gruziyaga uçişdan oldin nimalarni tekşiriş kerak?
Safardan oldin barça zarur narsalar tayyorlanganiga işonç hosil qiling:
Xorijga çiqiş pasporti. Pasportning amal qiliş muddatini tekşiring va safar davomida ham amal qilişiga işonç hosil qiling.
Tibbiy suğurta. Agar sayyoh sifatida ketayotgan bölsangiz, polis kamida 30 000 lari miqdoridagi tibbiy xarajatlar va baxtsiz hodisalarni qoplaşi hamda butun safar davomida amal qilişi kerak.
Yaşaş joyi. Mehmonxona bron qilingani haqidagi maʼlumot, ijaraga olingan turarjoy manzili yoki qabul qiluvçi tomon haqidagi maʼlumotlar bölişi kerak.
Safar maqsadini tasdiqlaş. Zarur bölsa, nima maqsadda kelganingizni tuşuntiriş va tegişli hujjatlarni körsatiş imkoniga ega böling.
Pullar va bank kartasi. Yaşaş va uyga qaytiş uçun mablağ bölişi kerak. Agar kartadan foydalanişni rejalaştirgan bölsangiz, xorijda tölov qiliş imkoniyatini tekşiring.
Mobil internet. Telefon eSIM texnologiyasini qöllab-quvvatlaşini tekşiring va zarurat bölsa, uçişdan oldin internet paketini örnating. Agar oddiy SIM-kartadan foydalanişni rejalaştirayotgan bölsangiz, yetib kelgaç, uni qayerdan sotib oliş mumkinligini oldindan bilib oling.
Hujjatlardan foydalaniş imkoniyati. Çiptalar, suğurta polisi va yaşaş joyini tasdiqlovçi hujjatlar telefonda saqlangan va internetsiz ham oçiladigan bölişi kerak.
Böliş muddati. Agar uzoq muddatli safarni rejalaştirayotgan bölsangiz, vizasiz böliş uçun ruxsat etilgan muddat tugaydigan sanani oldindan belgilab oling.
Amaldagi qoidalarni Gruziyaning rasmiy qonunçilik portali va konsullik portali orqali tekşiriş mumkin.