Yaqin-yaqingaça suvni bir marçadan ortiq qaynatiş zararli sanalgan. Takroriy qaynatiş soğliq uçun xavfli moddalar konsentratsiyasini oşiradi, deb hisoblangan. Biroq vaqt bir joyda turmaydi, kimyogarlarning bilim doirasi ham kengayib, takomillaşib bormoqda. Suvni bir marçadan ortiq qaynatiş xavfli ekani borasidagi fikr tez orada navbatdagi notöğri ma'lumot bölib çiqiş ehtimoli bor.
Instagramda şaxsiy blogini yurituvçi Qozonlik kimyogar qizning fikriga köra, takroriy qaynatişning xavfi borasidagi “afsona” rad etişni talab qiladi.
1-fikr
Suv ta'mini özgartiradi. Qaynatişdan avval suvni filtrdan ötkazadiganlar farqni sezişlari amrimahol.
2-fikr
Kaltsiy tuzlarining xavfi. Kimyogar qiz karbonat kalsiy tuzi, ya'ni qasmoq (köp qaynatilgan idiş devoriga ötirgan sopolsimon qatlam)ni içiş yoqimsizligi borasida bahslaşmaydi. Biroq agar suv ehtiyotkorlik bilan quyilsa va çökindilar qözğatib yuborilmasa, hammasi yaxşi bölişini ta'kidlaydi. Bu moddalarda kalsiyning boşqa tuzlarida bölgani kabi xavf yöq.
3-fikr
Xlor organikaning hosil bölişi – afsona. Axir xlororganik moddalar va xlor qaynaş vaqtida qisman yöqoladi.
4-fikr
Bir neça marça qaynatilgan suvda xavfli moddalar soni ortadi. Bu töğri, biroq ularning konsentratsiyasi sezilarli emas. Qaynaş vaqtida suv qisman buğlanadi. Şuning uçun ayrim moddalar avvalgiga qaraganda biroz ortişi hayratlanarli emas. Agar suyuqlikning 10 ml buğga aylansa, 1-2 litr suv uçun bu qörqinçli emas.
5-fikr
Takror qaynatilganida suv “oğir” bölib qoladi. Kimyogar izotopning paydo bölişi mumkinligi aytadi, biroq uning konsentratsiyasi minimal darajada deb hisoblaydi. Ikkinçi marça qaynatilgan suv oğir böladi, biroq zaharli emas va odamga zarar keltirmaydi.
Zaharli ta'sirni seziş uçun faqat “oğir” suvni bir neça kun davomida içiş kerak böladi. Organizmda uning qança miqdori – 25 foiz yoki undan ortiqroği töplanişi kerakligi ma'lum emas.
Yoş kimyogarning fikri ana şunday. Siz bundan qanday xulosa çiqarasiz?












