“Brexit'ning foydasidan zarari köproq böldi”, dedi Britaniya boş vaziri Endi Bernem 29-sentabr kuni Leyboristlar partiyasi konferensiyasidagi nutqida.
Bernem Yevropa bilan uzoq muddatli munosabatlarni qayta körib çiqiş va mavjud variantlar böyiça siyosiy konsensusga erişiş niyatini bildirdi. U bu masalani Britaniya va YEI örtasida rejalaştirilgan sammit atrofida muhokama qilişini aytdi. Ertasiga u YeIga töliq qaytiş varianti ham oçiq muhokama qilinişi mumkinligini istisno etmadi.
Mavzu yuzasidan Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar şarhi.
- Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga qaytiş ehtimoli qançalik haqiqat va qaytsa, buning tartibi qanday böladi?
Kamoliddin Rabbimov: Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqib ketganiga hali ön yil ham bölgani yöq. 2016-yilda ötkazilgan referendum taşabbusi öşa paytdagi boş vazir Devid Kemerondan çiqqan edi. Aslida, uning maqsadi mamlakatni YeIdan çiqariş emas, balki Bryusselga bosim ötkaziş bölgan, degan qaraş mavjud. Konservatorlar uçun haqiqiy çiqiş ssenariysi ham dastlab asosiy reja bölmagan.
Kemeron referendum tahdididan Bryussel bilan muzokaralarda vosita sifatida foydalanmoqçi edi. London YEI bilan munosabatlarni qayta körib çiqişni, migratsiya masalasida köproq vakolat va ayrim imtiyozlar berilişini talab qildi. Biroq Bryussel umumiy qoidalardan çekinişga tayyor emasligini bildirdi. Şundan söng Kemeron referendum ötkazişga qaror qildi.
Ammo referendum natijasi avvalo Britaniya siyosiy elitasining özini hayratda qoldirdi. Jamoatçilik kayfiyatini oldindan aniq başorat qiliş qiyin. Saylovçilar sörovlarda bir fikrni bildirişi, amalda esa butunlay boşqaça qaror qabul qilişi mumkin. Brexit ham şunday holatlardan biri böldi. Brexit tarafdorlari, jumladan, Nayjel Faraj kabi siyosatçilar Britaniya YEI byudjetiga katta mablağ ajratayotgani, biroq buning evaziga yetarli foyda olmayotganini taʼkidlaşdi.
Brexit tarafdorlari milliy suverenitetni tiklaş, migratsiyani nazorat qiliş va iqtisodiy mustaqillikni kuçaytirişni vaʼda qilişdi. Biroq bu vaʼdalarning barçasi kutilganidek amalga oşmadi. Aksinça, Yevropa bozori bilan savdo qilişdagi yangi tösiqlar, mehnat resurslari bilan boğliq muammolar va iqtisodiy noaniqliklar Britaniyaga qöşimça xarajatlar keltirdi. Albatta, mamlakat iqtisodiyotidagi barça muammolarni faqat Brexit bilan izohlaş töğri emas. Biroq Yevroittifoqdan çiqiş savdo va investitsiyalar uçun yangi tösiqlar yaratgani, ayrim tarmoqlarning rivojlanişini sekinlaştirgani haqida jiddiy iqtisodiy bahslar mavjud.










