Joriy yilning 17 dekabr kuni yil boşidan beri yölovçilar soni böyiça Uzbekistan Airways aviakompaniyasi («Özbekiston havo yöllari») qatnovlarida yangi natija qayd etildi. Aviakompaniya öz tarixida birinçi marça bir yilda 3 million nafar yölovçi taşişga erişdi. Bu yölovçi HY334 Dubay-Toşkent qatnoviga röyxatdan ötgan Iskandar Fozilov böldi.

Fozilovga Dubay şahri aeroportida röyxatdan ötayotgan vaqtidayoq yubiley yölovçiligi ma'lum qilinib, Boeing 787 samolyot bortida ham ekipaj a'zolari nomidan alohida tabriklar e'lon qilingan.

Aviakompaniya maxsus yölovçini bir kunda taşilgan yölovçilar örtaça miqdorini aniqlaş tizimi asosida avvaldan belgilangan. Qatnov va yölovçi röyxatdan ötgandan söng aniqlangan. Ya'ni, Dubayda aeroportda röyxatdan ötayotgan vaqtda uning rekord raqamli yölovçiligi aniq bölgan.

Uşbu yölovçiga sovğa sifatida samolyot maketi, esdalik sertifikati va bir yil içida foydalanilişi lozim bölgan bir marçalik har qanday yönalişda boriş-qaytiş huquqini beruvçi imkoniyat taqdim etildi. Şuningdek, uyiga olib borib qöyiş uçun maxsus avtomobil bilan ham ta'minlandi.

Kun.uz muxbiri uşbu yölovçi bilan suhbatlaşdi.

«Menga yubiley yölovçisiz deb aytişgandi. Lekin, bu darajada taşkillaştirilişini kutmagandim. Turizm sohasida işlaganim uçun xizmat yuzasidan köplab safarlarga çiqaman. Bu safar sayohatga çiqqandim. Boşqa aviakompaniyalarda ham uçib körganman. Menga özimizning aviakompaniya ma'qul, ayniqsa, ovqat masalasida. Xizmat körsatiş ham yuqori darajada. Menimça, reyslarni yanada köpaytiriş kerak. Yevropaga reyslarda vaqtdan uşlanib qoliş hollari böladi», deydi yubiley yölovçi Iskandar Fozilov.

Eslatib ötamiz, 2010 yilda bunday marosim 2 millionlik rekord qayd etilganda ötkazilgandi.