Raqobat qömitasi havo yöllari orqali içki qatnovlardagi yölovçi taşiş çipta narxlari pasaytirilgani haqida maʼlum qildi.

«Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev topşiriqlari ijrosini taʼminlaş maqsadida Raqobat qömitasi tomonidan aviatsiya bozorida içki aviaqatnovlarda yölovçilar uçun mavjud tariflar, narx şakllanişi va xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari  örganildi.

Örganişlar davomida Raqobat qömitasi tomonidan aviaqatnovlarni amalga oşiriş bilan boğliq taşiş xarajatlarini optimallaştiriş imkoniyatlari tahlil qilinib, mazkur xarajatlarni maqbullaştiriş hisobiga içki yönalişlarda aviaçiptalar narxlarini pasaytiriş böyiça taklif va tavsiyalar işlab çiqildi», deyiladi xabarda.

Uşbu takliflar yuqori Instansiyalar tomonidan qöllab-quvvatlanib, Raqobat qömitasi Uzbekistan Airways AJ bilan hamkorlikda içki aviaqatnovlar böyiça tariflar qayta körib çiqilgan va joriy yilning 16-oktabridan boşlab içki yönalişlarda aviaçiptalar narxlari örtaça 20 foizgaça arzonlaştirilgan.

Mazkur çora-tadbirlar:

  • aholi uçun aviaqatnovlarni yanada qulay va hamyonbop qiliş;

  • içki turizmni rivojlantiriş;

  • hududlar örtasida harakatlaniş imkoniyatlarini kengaytiriş;

  • xizmat safarlari va şaxsiy taşriflarni rejalaştirişda qöşimça qulaylik yaratiş;

  • isteʼmolçilar manfaatlarini taʼminlaşga xizmat qiladi.

«Raqobat qömitasi aholi manfaatlariga daxldor bozorlarni tahlil qiliş va örganiş işlarini izçil davom ettirib, aniqlangan muammolar böyiça amaliy çoralar körişga alohida eʼtibor qaratmoqda», deya taʼkidlanadi xabarda.