Yevropa Ligasining pley-off bosqiçi iştirokçilari Şveytsariyaning Non şahrida taşlangan qur'a natijasida 1/16 finaldagi raqiblarini bilib oldi.

Qur'a tartibiga muvofiq, jamoalar ikkita savatçaga ajratildi. 12ta guruh ğoliblari va YeÇLdan kelib qöşilgan eng yaxşi natijaga ega 4 jamoa – jami 16ta klub birinçi savatdan, YeÇLning qolgan 4 klubi hamda guruhlarda ikkinçi örinni olgan jamoalar ikkinçi savatdan joy oldi. Qoidaga köra, özaro guruhdoş va bir mamlakat vakillari töqnaş kelmasligi ta'minlandi.

Qur'a quyidagi natijalarni taqdim etdi:

«Viktoriya» Plzen (Çexiya) — «Dinamo» Zagreb (Xorvatiya)
«Bryugge» (Belgiya) — «Zaltsburg» (Avstriya)
«Rapid» (Avstriya) — «Inter» (Italiya)
«Slaviya» (Çexiya) — «Genk» (Belgiya)
«Krasnodar» (Rossiya) — «Bayyer» (Germaniya)
«Tsyurix» (Şveytsariya) — «Napoli» (Italiya)
«Malmyo» (Şvetsiya) — «Çelsi» (Angliya)
«Şaxtyor» (Ukraina) — «Ayntraxt» (Germaniya)
«Seltik» (Şotlandiya) — «Valensiya» (Ispaniya)
«Renn» (Fransiya) — «Betis» (Ispaniya)
«Olimpiakos» (Gretsiya) — «Dinamo» Kiyev (Ukraina)
«Latsio» (Italiya) — «Sevilya» (Ispaniya)
«Fenerbaxçe» (Turkiya) — «Zenit» (Rossiya)
«Sporting» (Portugaliya) — «Vilyarreal» (Ispaniya)
BATE (Belarus) — «Arsenal» (Angliya)
«Galatasaroy» (Turkiya) — «Benfika» (Portugaliya).

Bosqiçning dastlabki öyinlari 14 fevralda, javob uçraşuvlari esa 21 fevral kuni bölib ötadi. Musobaqa ğolibi 29 may kuni Bokudagi «Olimpiya» stadioni mezbonlik qiladigan final bahsida aniqlanadi.