Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Tibbiyot muassasalarida koxlear implantatsiya uçun bemorlarni tanlab oliş va operatsiya ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Nizomga köra, davlat byudjyeti mablağlari hisobiga koxlear implantatsiya operatsiyalari ötkaziladigan muassasalarga quyidagilar kiradi:

Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy amaliy tibbiyot markazi;
Toşkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi;
Toşkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi;
Viloyat köp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari.

Davlat byudjyeti mablağlari hisobiga bolalarda bajarilgan koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini ötkaziş Xalq ta'limi va Maktabgaça ta'lim vazirliklari tomonidan işlab çiqarilgan me'yoriy hujjatlar asosida amalga oşiriladi.

Koxlear implantatsiya operatsiyasi bemor bola 5 yoşga tölgunga qadar ötkazilganda ijobiy natija berişini hisobga olib, Davlat byudjyeti mablağlari hisobiga xarid qilingan implantantlardan samarali foydalaniş uçun ular 5 yoşga tölmagan bolalarga bepul taqdim etiladi.

Davlat byudjyeti mablağlari hisobidan har bir bemorga faqat bir tomonlama koxlear implantatsiya operatsiyasi bepul bajariladi.

5 yoşga tölmagan bemor bolalarning ota-onalari, ularning örnini bosuvçi şaxslar yoki homiylari byudjyet mablağlari hisobiga xarid qilingan implantant hisobiga amalga oşiriladigan koxlear implantatsiya operatsiyasini ötkaziş böyiça şakllantirilgan navbatni kutişni istamagan taqdirda, implantantni özlari sotib olişlari mumkin.

Koxlear implantatsiya operatsiyalarini ötkazuvçi muassasada audiologik, nur diagnostikasi, surdopedogogik, logopedik, psixonevrologik, laborator va boşqa maxsus klinik tekşiruvlarni, operatsiyadan keyin nutq protsessorini moslaşni  ötkaziş şaroiti bölişi kerak. Agar muassasada ulardan ba'zilari bölmagan holda körsatilgan tadbirlarni amalga oşiruvçi muayyan davlat va nodavlat davolaş-diagnostika muassasalari bilan doimiy asosda tuzilgan şartnomalari bölişi şart. Bu davolaş-diagnostika muassasalari xulosalari muassasaning rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilişi kerak. 

Ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan tayyorlanişi kerak bölgan hujjatlar:

Muassasa va bemor bolalarning ota-onasi, uning örnini bosuvçi şaxslar örtasida koxlear implantatsiya opertsiyasini ötkaziş va undan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiya tadbirlarini ötkazişga tayyorligi va roziligini tasdiqlovçi şartnoma;
bemor bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasi va nusxasi;
bemor bolaning oxirgi bir oy içida olingan 3x4 sm hajmdagi fotosurati;
bemor bolaning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar (pasport) va nusxalari;
fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan berilgan bemor bola oilasining mulkiy ahvoli haqida ma'lumotnoma;
bemorni töliq tekşirişdan ötkazgan vakolatli davolaş-taşxislaş muassasasining ambulator yoki/va statsionar kartalarining köçirmasi (2-ilova);
mas'ul şifokor-otorinolaringolog, surdopedagog, psixonevrolog, nevropatolog, pediatr, anesteziolog xulosalari, audiologik, çakka suyaklar MSKT, boş miya va çiğanoq MRT (CD 2 nusxada yozilgan bölişi kerak), EEG va körsatma asosida bajarilgan boşqa tekşiriş natijalari, tekşiruv ötkazilgan muassasasining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan xulosasi.

Quyidagi holatlar koxlear implantatsiya operatsiyasini ötkazişga körsatmalar hisoblanadi:


ikki tomonlama sensonevral karlik (örtaça tovuş qabul qiliş 0,5, 1, 2, 4 kGts çastotalarda 90 dB dan ortiq);
ikki tomonlama IV darajadagi eşitiş neyrosensor zaiflaşuvi (örtaça tovuş qabul qiliş 0,5, 1, 2, 4 kGts çastotalarda 71 dB dan ortiq;
bir tomonda IV va boşqa tomonda III darajadagi eşitiş neyrosensor zaiflaşuvi mavjud va nutqni va eşitişni rivojlantiruvçi boşqa reabilitatsiya tadbirlari yetarli samara bermagan holatlar;
bola ilk yoşidan eşitiş apparatidan doimiy ravişda foydalangan va samarasi past bölganligiga qaramasdan oğzaki könikmalar şakllanganligi;
eşitiş apparati qöllanilganda köp böğinli sözlarni 40 foizdan, bir böğinli sözlarni 20 foizdan kam bölmagan darajada anglaş;
faqat past, örta çastotali tovuşlarni, 1-2 metr masofadan şartli reflektor reaksiyalari yordamida yuqori çastotali tovuşlarni qabul qila oliş;
past, örta va yuqori çastotali nonutqiy tovuşlarga 3 metrdan kam bölmagan masofadan beixtiyor va ixtiyoriy reaksiyalar mavjudligi;
baland tovuş va ovozlarni eşitiş reaksiyalarining rivojlanişida ijobiy özgarişlar mavjudligi;
imo-işoradan foydalanmagan holda sözlovçining yuzidan uning sözlayotganligini tuşuniş;
ovoz faolligining oşişi, undoş harflarga artikulyatsiya tovuşlarining mavjudligi;
optimal tanlangan va sozlangan eşituv moslamasidan olti oy mobaynida muntazam foydalaniş ijobiy natija bermagan.

Quyidagi holatlar koxlear implantatsiya operatsiyasini ötkazişga qarşi körsatmalar hisoblanadi:

Kompyuter tomografiyasi va magnit rezonans tomografiyasi natijalariga köra, çiğanoqning elektrod zanjirini kiritişga imkon bermaydigan darajada qisman yoki töliq ossifikatsiyasi;
Rejali jarrohlik muolajalariga mutloq qarşi körsatma böluvçi somatik kasalliklarning (örta quloqning surunkali yalliğlaniş kasalliklari, yurak-qon tomirlari, buyrak va jigarning oğir kasalliklari, qon kasalliklari, qandli diabet, sil, zaxm, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi va boşqalar) mavjudligi;
Bemorlar, bemor bolalarning ular bilan birgalikda yaşovçi ota-onalarida koxlear implantatsiya opertsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini ötkaziş va koxlear implantdan foydalanişni qiyinlaştiruvçi ruhiy va çuqur nevrologik buzilişlar (autizm, şizofreniya, psixopatiya, autoagressiya, epilepsiya, tutqanoq sindromi, elektroensefalogrammada aniqlangan tutqanoqqa moyillik) mavjudligi;
Retrokoxlear kasalliklar mavjudligi, şu jumladan çiğanoq yoki eşituv nervi yöqligi, eşituv tizimining yuqori sathlaridagi şikastlanişlar, vestibulyar özgarişlar) auditor neyropatiyadan taşqari;
Bemorda, bemor bolaning ota-onalari, ularning örnini bosuvçi şaxslar yoki homiylarida, koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya tadbirlarini ötkaziş imkoniyati va istagi yöqligi.

Elektroensefalogrammada tutqanoqqa moyillik aniqlangan bolalar kamida olti oy davomida öz yaşaş joyida nevropatolog mutaxassisida davolanganidan keyin qayta elektroensefalogramma tekşiruvidan ötişlari mumkin.