Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rasmiy bayram va dam oliş kunlarida Özbekistonda içki turizmni rivojlantiriş, fuqarolarning munosib hordiq çiqarişlariga imkoniyat taqdim etiş maqsadida «2019 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi Farmonni imzoladi.
Uşbu farmonning ijrosini ta'minlaşda «Özbekiston temir yöllari» AJning yölovçi taşiş xizmati 2018 yil 30 dekabrdan 2019 yil 3 yanvargaça mahalliy va tezyurar Afrosiyob poyezdlari çiptalariga çegirmalar joriy qilgani haqida e'lon qilgan edi. Unga köra,
- pensionerlar, nogironlar, 1941-1945 yillardagi uruş qatnaşçilari va ularga tenglaştirilgan fuqarolar uçun (ma'lumotnoma, guvohnoma taqdim etilgan holda) – 50 foiz;
- oliy öquv yurti talabalariga (guvohnoma taqdim etilgan holda) – 50 foiz;
- oilaviy (ikki yoki undan ortiq kişi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi hamda 18 yoşgaça bölgan farzandlari, 18 yoşga tölmagan farzand ota yoki onasi bilan birga bölganda, nikoh guvohnomasi va qarindoşlikni belgilovçi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 30 foiz;
- jamoa bölib sayohatga çiqqan korxona va taşkilotlar xodimlariga (4 kişi va undan ortiq korporativ buyurtma berilganda), maktab, kollej va litsey öquvçilariga – 20 foizgaça çegirmalar belgilandi.
Bularning barçasi yaxşi albatta. Kun.uz tahririyati esa, temir yöl kassalarida çiptalarni xarid qilişda muammolar mavjudmi, degan savolga javob topiş maqsadida öz örganişini olib bordi. Şu munosabat bilan Toşkent, Samarqand va Andijon şaharlaridagi temir yöl kassalari faoliyati bir kunda, bir vaqtning özida örganildi, çipta xarid qilgan fuqarolardan intervyular olindi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Örganişlarimiz natijasidan kelib çiqib aytiş mumkinki, ayni kunlarda, kassalarda çipta xarid qiliş bilan boğliq biror muammo közga taşlanmadi. Çipta xarid qiliş uçun kelgan mijozlar özlari istagan kunga çipta sotib oliş imkoni mavjudligini e'tirof etişdi.
Ma'lumki, köpçilik özbekistonliklar yangi yilni yaqinlari bilan birga qarşi olişni ma'qul köradi. Şu munosabat bilan fuqarolarning özlari istagan manzilga xavfsiz yetib olişlarini ta'minlaş maqsadida qöşimça reyslar ham yölga qöyildi.

Ammo, bizni yana bir masala, çegirmali çiptalar xarid qilişda xaridorlar muammoga duç kelmoqdami, degan savol qiziqtirayotgan edi. Şu maqsadda, 1005 qisqa raqamiga qönğiroq qilib, çegirmali çiptalar bor-yöqligini suriştirdik. Ta'kidlaş örinliki, 21 dekabr holatiga köra, 30 dekabr-3 yanvar sanalari oraliğida ayrim yönalişlar, misol uçun, Andijon şahriga çipta umuman qolmagani, Samarqand va Urgançga qöşimça reysga çiptalar yakunlanayotganini aytişdi.
Şu örinda, qayd etiş örinliki, ayrim fuqarolarda, çegirmali çiptalar har doim bölişi kerakdek, tuşunça borga öxşaydi. Afsuski, yölovçi temir yöl tarkibi ham çeklangan örinlarga ega. Undan ortiğiga çipta sotişning, sotilganda ham, öşa tarkibda ketişning ilojisi yöq. Misol uçun, Afrosiyob poyezdida 286ta örin bor. Endi, oddiy hisob-kitob qilganimizda, Samarqand şahrining öziga bir kunda 2ta şunday poyezd qatnovi amalga oşirilganda ham 572 kişi manziliga yetkaziladi. Şunga köra, fuqarolarning çegirmali çiptalar tugab qolibdi, degan sözlari rost bölgan taqdirda ham vaziyatni töğri qabul qilişimiz kerak, nazarimizda. Çunki, Toşkentda viloyatlardan kelganlar köpçilikni taşkil etadi. Poyezd va vagonlarni esa, ming afsuski, kengaytirib bölmaydi.
«Özbekiston temir yöllari» AJning ma'lum qilişiça, quyidagi sanalarda jadvaldan taşqari yölovçi poyezd tarkiblari fuqarolarga xizmat körsatadi.

Bundan taşqari, qöşimça poyezdlar, çiptalar bor-yöqligi haqida quyidagi telefon raqamlariga soat 08:00dan 20:00gaça qönğiroq qilib, ma'lumot oliş mumkin:













