Samarqandda temiryöl ötkazilgan dambani mustahkamlaş işlari boşlangan. “Özbekiston temir yöllari” AJ holat böyiça munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, 3 iyul kuni Samarqand viloyati Toyloq tumani hududidan ötuvçi “Samarqand – Urgut” temir yöl uçastkasining ma’lum qismiga şikast yetgan.

“Sönggi kunlarda Özbekiston va Tojikistonning toğli hududlarida kuzatilgan kuçli yoğingarçiliklar oqibatida Zarafşon daryosida suv oqimi keskin kuçaydi. Buning oqibatida daryo qirğoqlarini yuvib ketib, ayrim hududlarda özan yönalişi özgardi.

Hodisaga Zarafşon daryosida suv sarfining me’yoriy 80–100 m³/s örniga keskin oşib, 300 m³/s gaça yetgani sabab böldi. Oqibatda daryo özani temir yölga yaqin hududlarda 30–40 metrgaça kengayib, özanga yaqin joylaşgan temir yölning ma’lum qismiga zarar yetdi. Mazkur gidrologik holat sönggi 20 yil davomida kuzatilmagan”, deyiladi jamiyat munosabatida.

Ayni paytda harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida daryo qirğoqlarini xarsang toşlar bilan mustahkamlaş işlari olib borilayotgani bildirilgan.

“Işlarga 15 ta maxsus texnika jalb etilgan. 30 ta dumpkar vagon orqali xarsang toşlar yetkazib berildi. Şuningdek, zarur quriliş materiallari yuklangan yana 130 ta dumpkar vagon hududga yönaltirildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, hozirda temir yöl qatnovini imkon qadar qisqa muddatda töliq tiklaş hamda poyezdlar harakatining uzluksizligini ta’minlaş böyiça barça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Avvalroq Toyloq tumani hududidan ötgan yangi temiryöl tarmoğida favqulodda holat röy bergani xabar qilingandi. Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşgan videoda daryo suvi temiryöl ötkazilgan dambani yuvib ketgani, natijada relslar tayançsiz qolganini köriş mumkin.