Yiğilişda qayd qilinişiça, 2023-2025 yillarda qiymati 105 million dollar bölgan loyiha doirasida 1590 dona yarim oçiq yuk vagoni işlab çiqarilgan. Bu esa içki va xalqaro taşuvlarda yuk aylanmasini oşiriş, logistika zanjirlarining barqarorligini ta’minlaş imkonini bermoqda.
Şuningdek, 2025-2026 yillarga möljallangan 150 million dollarlik yangi bosqiçda yuk va yölovçi vagonlarini quriş, şu bilan birga, “Özbekiston temir yöllari” AJ tarkibidagi vagon işlab çiqariş korxonalarini modernizatsiya qiliş işlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida 954 dona yuk va 70 dona yölovçi vagonining qurilişi boşlangan.

Bugungi kunga qadar uşbu loyiha doirasida 45 dona yölovçi vagoni va 340 dona sisterna işlab çiqarildi. Joriy yil yakuniga qadar qöşimça ravişda 614 dona yuk va 25 dona yölovçi vagonlari işlab çiqariladi.
Kelgusi yillarda yuk vagonlarini işlab çiqariş hajmlarini keskin oşiriş uçun 100 million dollar mablağ ajratilib, 1350 dona yuk vagoni yetkazib beriladi. Buning uçun şu yilning özida sanoat korxonalari quvvatlarini 1,5 barobarga oşiriş va 2 mingta yuk vagonlarini işlab çiqariş vazifasi qöyildi.
Davlat rahbari vagon parkini yangilaş, taşiş hajmlarni oşiriş hamda xarajatlarni maqbullaştiriş yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.












