Yirik jamoat arbobi, “Nuroniy” jamğarmasining taniqli vakili, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Madaminjon ota Hasanov şu yil 22 dekabr kuni 94 yoşida vafot etgani xabar qilingandi.
Bugun, 23 dekabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Madaminjon ota xonadoniga taşrif buyurib, uning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Qur'on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi”, deyiladi xabarda.

Madaminjon Hasanov 1924 yil Andijon viloyatida tuğilgan. 1942-1946 yillarda front maydonlaridagi oğir janglarda iştirok etgan. 1956-1959 yillarda “Özbektekstiltorg”ning Andijon viloyati bazasi direktori, 1959-1966 yillarda “Özbekbirlaşuv” boşqaruvining raisi bölib işlagan.
Madaminjon Hasanov 1966-1979 yillar mobaynida Özbekiston savdo vaziri lavozimida samarali faoliyat olib bordi. 1979-2004 yillarda “Soğlomlaştiriş markazi” ilmiy-tadqiqot muassasasiga rahbarlik qildi.

U 2004 yilda nafaqaga çiqqanidan söng Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasining faoli sifatida köplab ibratli işlarni amalga oşirdi.
Madaminjon Hasanov “Özbekistonda xizmat körsatgan savdo xodimi” faxriy unvoni, “Jasorat” medali, “Mehnat şuhrati”, “Döstlik” va “Fidokorona xizmatlari uçun” ordenlari bilan mukofotlangan edi.











