Içki Möğuliston Banki (XXR şimolidagi muxtor hudud) sobiq rahbari Yan Çenlin 21 dekabr kuni ölim jazosiga hukm qilindi, uning barça mol-mulki musodara etiladi. Bu haqda RG Xitoy markaziy televideniyesiga asosan xabar bermoqda.
Baotou şahri oraliq poğonadagi Xalq sudining bunday qattiq qaroriga amaldor 307 million yuan (44,5 mln dollardan ortiq) miqdorida mulk hamda pul mablağlarini noqonuniy tarzda özlaştirişda ayblangani sabab böldi.
«Ayblanuvçining harakati jamiyatga juda katta salbiy ta'sir körsatdi, mamlakat va xalq manfaatlariga zarar yetkazdi», - deyiladi qarorda. Jazoni ijro etiş muddati ikki yilga qoldirildi. Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, hukmni yumşatib bölmaydi.
Oraliq xalq sudi Xitoyning ikkinçi eng yirik xalq sudi hisoblanadi. XXR Xalq sudlari Asosiy qonuniga binoan, oraliq xalq sudlari birinçi instansiyada tegişli muhim mahalliy işlarni, şuningdek, asosiy xalq sudlarining apellyatsiya işlarini körib çiqadi.












