Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan, Toşkent şahri aholisi va mehmonlariga mazmunli hordiq çiqariş, madaniy dam oliş şart-şaroitlarini yaratiş töğrisida Toşkent şahar hokimining qaroriga asosan, «Toşşahartransxizmat» AJ tomonidan 2018 yil 20 dekabrdagi 238-sonli buyruği qabul qilindi.
Unga köra, 2018 yil 31 dekabrda Toşkent şahridagi barça avtobus yönalişlari iş rejimiga özgartiriş kiritilib, iş tugaş vaqti 1 soatga uzaytirildi.
Barça avtobus yönalişlaridagi avtobuslar yangi yil bayramiga mos ravişda bezatilmoqda, haydovçilarni bayram kunlari qorbobo kiyimida işga çiqariş çoralari körilmoqda.
Yangi yil bayrami tadbirlari ötkazilişi munosabati bilan Toşkent şahri ayrim köçalarida avtotransport vositalari harakatini vaqtinça çeklanganligini inobatga olib:
- Istiqlol va Zarafşon köçalarining yopilişi munosabati bilan, 90A, 91A, 115A-sonli yönalişlardagi avtobuslar harakati Navoiy köçasi orqali, “Navoiy – A.Temur” köçalari çorrahasigaça, A.Temur köçasi (Oloy bozori tomonga) orqali öz yönalişi böylab harakatini davom ettiradi;
- Istiqlol köçasining yopilişi munosabati bilan, 53A-sonli yönaliş böyiça avtobuslar harakati Navoiy köçasi orqali “Navoiy – A.Temur” köçalari çorrahasigaça, çorrahadan burilib olib, Navoiy köçasi orqali öz yönalişi böylab harakatini davom ettiradi; şuningdek, 33A, 55A, 96A-sonli yönalişlarda avtobuslar harakati A.Temur köçasi orqali “Navoiy – A.Temur” köçalari çorrahasigaça, Şahrisabz köçasi orqali öz yönalişlari böylab harakatini davom ettiradi;
- Sebzor köçasining yopilişi munosabati bilan, 9A, 17A, 52A-sonli yönalişlar böyiça avtobuslar harakati Navoiy köçasi orqali “Navoiy – Abay” köçalari çorrahasigaça, Abay köçasi orqali öz yönalişlari böylab harakatini davom ettiradi; 150-sonli yönaliş böyiça avtobuslar harakati Navoiy köçasi orqali “Navoiy – Abay” köçalari çorrahasigaça, Abay köçasi orqali “Abay – A.Qodiriy” köçalari çorrahasigaça, A.Qodiriy, Sebzor köçalari orqali öz yönalişi böylab harakatini davom ettiradi;
- Sögalli ota köçasining (Algoritm korxonasi oldida) yopilişi munosabati bilan, 13A, 69A, 107-sonli yönalişlar böyiça avtobuslar harakati Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, Sögalli ota, Dilband köçalari orqali öz yönalişi böylab harakatini davom ettiradi; 4A, 48A, 87A, 94A, 146A-sonli yönalişlar böyiça avtobuslar harakati Sögalli ota, Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, Sögalli ota, Dilband köçalari orqali öz yönalişi böylab harakatini davom ettiradi.












